• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zuhriddin Isomiddinov: Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘ladi yoki O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomi berishning xavfi nimada?

    Adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov O‘zA sahifasida o‘zbek tilining chinakam davlat tiliga aylanishiga monelik qilayotgan omillar haqida fikr yuritgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Biz o‘zbeklar, yaqinda rus adabiyotining 100 jildligini ona tilimizda chop etishga qo‘l urdik. Biz o‘zbeklar, mamlakatimizda Rus madaniyati markazi ta’sis etilganining 25 yilligini yaqinda zo‘r shukuh bilan nishonladik.

    Biz o‘zbeklar, dunyo aholisining atigi yarim foizini tashkil etsak-da, bag‘rikeng, ko‘ngli ochiq bir el ekanimiz ahli olamga yaxshi ma’lum. Chunki sabr-qanoat, murosai madora degan narsa qonimizga singib ketgan. Garchi “g‘alchani izzat qilsang, chorig‘i bilan to‘rga chiqadi”, kabi achchiq maqollarimiz bo‘lsa-da, betamizlarning to‘rga chiqib yoyilib o‘tirishiga ham mudom chidab kelamiz. Qo‘rquvni, istiholani andisha deb andavalaymiz.

    Bo‘lmasa, ming yillik tarixga ega, boy va rangin ona tilimizni uch yil ichidayoq chinakam davlat tili qilib olmasmidik? O‘ttiz yil bo‘lyapti-ya?

    Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘lar emish. Milliy mentalitetimizdagi “og‘ir-vazmin”, “yetti o‘lchab, bir kesadigan” deb maqtovi kelishtiriladigan sustkashligimiz, agar qo‘yib berilsa, endi o‘zimizning ziyonimizga xizmat qilib qoladigan ham ko‘rinadi.

    Gap shundaki, kuni kecha allaqaysi rahnamolarining da’vatimi, rag‘batimi bilan, bir guruh shaxslar O‘zbekistonda rus tilini rasmiy til darajasiga ko‘tarish, “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartish kiritib, unga o‘zbek tili kabi huquqiy maqom berish taklifi bilan chiqib bong uribdilar. O‘rmondagi daraxtlarni qiyratayotgan boltadan omonlik yo‘q, chunki uning sopi ham boshqa emas – yog‘och, deganlariday, o‘zimizdan chiqqan bu “uzbek” ziyolilar o‘z tashabbuslari O‘zbekistonda rus tili mavqeini yuksaltirishga bel bog‘lab (rus tili shunga zormi?), “Timur Pulatov, Raim Farhodiy, Sabit Madaliyev, Suhbat Aflotuniy, Bax Ahmedov va boshqa adiblarning “prekrasniy rus tilida” asar yozishlarini dalil sifatida peshkash qilishibdi.

    Biroq shularga zamondosh, ularning nazarida “uncha prekrasniy bo‘lmagan” o‘zbek tilida asar yozishsa-da, bu maqtalgan o‘riszabon adiblardan ijodi chandon yuqori turadigan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Tog‘ay Murod va boshqa o‘nlab shoir-yozuvchilar esa, eslariga ham kelmabdi! Chunki bu haqiqat ularning da’volariga to‘g‘anoq bo‘ladi-da.

    Bugina emas. Rus tiliga O‘zbekistonda rasmiy til maqomini berish milliy davlatchilik ildiziga ham putur yetkazishga olib kelishidan, balki bu muhtaram zotlarning xabarlari yo‘qdir. Zero, har qanday davlatning negizida til turadi, har bir til, kattami-kichikmi, qadimiymi-yoshmi, boymi-kambag‘almi — bundan qat’i nazar, bir davlat tuzish salohiyatiga ega, ammo dunyoning eng katta, qudratli davlatlari ham bironta tilni paydo qilishdan ojiz. Til shunday mo‘’jiza narsa.

    Xat mualliflari bir necha til birvarakay davlat tili deb e’lon qilingan ba’zi mamlakatlarni ham misol keltirishadi. Bu endi o‘sha yurtlarning ishi, o‘z sharoitidan kelib chiqqan voqelik. Ular bizning davlat tili haqidagi siyosatimizni ulgi qilib olmaganlari singari, ularning “rang-barang”ligi ham bizga ibrat bo‘la olmaydi. Bizdagi real vaziyat shundayki, rus tiliga “rasmiy til” maqomi berishga yo‘l qo‘yilsa, qog‘ozda ikkitillilik, amalda esa rus tili yana taxt ustiga mindi, deyavering. Busiz ham ko‘p mahkamalarda rus tilida ish yuritilyapti. Shuning uchun ham bu taklif-tashabbus zimnida nihoyatda manfur bir tahdid yotibdi. Qolaversa, O‘zbekistonda aholining 80 foizdan ortig‘i o‘zbek. Qolganlari tojik, qozoq, qirg‘iz va hokazo. Ruslar esa 2,3 foizdan ham kamroq.

    Shunday bir holda bunday tahlikali tashabbus har qanday mantiqdan xolidir, u ona xalqini sevgan, mamlakatini har tomonlama ozod va gullab-yashnagan holda ko‘rishni orzu qilgan kishilarni xavotirga solishi tabiiy.

    Nega, nima uchun shunday bo‘lyapti? Chunki dunyoda kim ko‘p — manqurt ko‘p. Manqurt — har bir idora va korxonada, tashkilot va mahkamada topiladigan, millati bor, ammo milliy g‘ururi yo‘q kimsa. Qornining g‘amini orining g‘amidan ustun qo‘yadigan, sirtdan o‘ta ziyoli, ammo o‘zbek bo‘lib tug‘ilganidan faxrlanmay, o‘kinadigan nafs bandasi. Manqurtning belgisi shuki, uning uchun el-xalq, millat degan narsa yo‘q, aholi bor, xolos.

    Ehtimol, “Rus tili bizga begona emas” deb xat chiqargan bu o‘n sakkiz nafar ziyolining birov-yarimi o‘zbek tilini, chala-chulpa bo‘lsa ham, bilar. Ehtimol, bu o‘n sakkiz odamning ortida qaysidir bir xorijiy mahkama emas, rus tili davlat tiliga aylanishini orzulayotgan... boring ana, o‘n sakkiz ming odam bordir ham. Ammo o‘ttiz uch millionli o‘zbek xalqi-chi? Bu xalqning davlati bo‘lsinu, davlatli tili bo‘lmasinmi?

    Bu gapni mubolag‘a, mahovat deguvchilarga aytadiganimiz shuki, o‘zbek tilining davlat tiliga aylanishi tahlikali ahvolda — deyarli barcha davlat idoralarida ish davlat tilida emas, rus tilida yuritilyapti. Boz, maxfiy emaski, davlat ishlari qaysi tilda yuritilsa, o‘sha til davlat tili bo‘ladi — bizdagi ko‘ngilbo‘shlik, o‘zibo‘larchilik nihoyat, shunga olib kelyapti.

    Oliy Majlis Senatining raisi Ne’matulla Yo‘ldoshev 2018-yil 13-dekabrda “Davlat tili haqida"gi qonun ijrosini tanqidiy baholab o‘tgan edi. Ya’ni, qonun bajarilishini talab qildi, xolos. Endi ijtimoiy tarmoqdagi rusiyzabon va chalarusiy “faollar”ning qaynab toshishini ko‘ring! Senat raisining shu qonuniy talabi ularni shuncha jazavaga soldi-ki!

    Demak, kurash ketayotir. Rus tilining “jonkuyari” bo‘lgan vallomatlarning bu haqdagi taklifi esa biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i.

    Bizningcha, davlat tilidagi qonuning o‘zini bir qayta ko‘rib chiqib, bunaqa “mulohaza”larga o‘rin qoldirmaydigan holga keltirish kerak.

    Bu haqda fikr yuritganda, daf’atan xayolimizga, gap qonunda emas, uning ijrosi oqsayotganida-ku, degan fikr keladi. Biroq qo‘shni davlatlarning shunday qonunlari matni bilan tanishib chiqish, avvalo, bizdagi qonunning o‘zi nomukammal ekanini ko‘rsatdi.

    Chunonchi, O‘zbekistonda davlat tili to‘g‘risidagi qonun 5.187 belgidan iborat bo‘lsa, Qozog‘istonda 15.013 belgi, Ozarboyjonda 12.000, Turkmanistonda 15.468, Qirg‘izistonda 14.063, Tojikistonda 8.600, Rossiya Federatsiyasining davlat tili to‘g‘risidagi qonuni 10.158 belgidan iborat. Qarang, Markaziy Osiyodagi eng “kichkina” qonun shu mintaqadagi eng katta davlatga tegishli bo‘lib chiqyapti. Qolaversa, titul millat vakillari eng salmoqlisi ham O‘zbekiston edi.

    Binobarin, O‘zbekistonda davlat tili haqidagi qonun “yayrab” ijod etilishi lozim edi. Afsuski, O‘zbekistonning bu qonuni eng ixcham, boz, uning “tish-tirnog‘i” yo‘q — biron moddasi bajarilmasa, jazo beradigan mexanizmi mavjud emas. Mana, O‘zbekiston qonunining dastlabki moddalarini ayrim qo‘shnilar qonunlari moddalariga qiyoslab ko‘raylik:

    O‘zbekiston: “1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.

    Biroq bu “qaltis” gap uchun keyingi moddada “uzr” so‘raladi:

    “2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”.

    Holbuki, boshqa barcha qo‘shni davlatlarning til to‘g‘risidagi qonunlarida bunaqa mayinlik yo‘q — ularda qonun ruhi va uslubi ustuvor:

    Armaniston: “Armaniston Respublikasining davlat tili — arman tilidir, bu til respublika hayotining barcha sohasida amal qiladi. Armaniston Respublikasining rasmiy tili — arman adabiy tilidir. Armaniston Respublikasi arman tilining mamlakat tashqarisida yashaydigan armanlar o‘rtasida saqlanishi va tarqalishiga ko‘maklashadi”.

    Tojikiston: “1. Tojikiston Respublikasining davlat tili tojik tilidir. 2. Tojikiston Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilishga majburdir”.

    Qirg‘iziston: “Qirg‘iz tili Qirg‘iziston davlatchiligining bosh asoslaridan biri sifatida davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatining barcha sohalarida amal qiladi”.

    Ozarboyjon: “1. Ozarboyjon Respublikasining davlat tili ozarboyjon tilidir. Ozarboyjon Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilishga majburdir. 2. Ozarboyjon tili davlat tili sifatida mamlakat hayotining barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalarida foydalaniladi. 3. Ozarboyjon Respublikasi davlat tilidan foydalanishni, uni himoya qilish va rivojlantirishni ta’minlaydi”.

    Qozog‘iston: “Qozog‘iston Respublikasining davlat tili qozoq tilidir. Davlat tili davlat boshqaruvi, qonunlar, sud yuritish, ish yuritish tili bo‘lib, butun davlat hududida ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida amal qiladi. Davlat tilini bilish har bir Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining burchidir”.

    O‘zbekistonning bu yumshoq qonunini boshqa moddalar bo‘yicha ham ular qonunlariga solishtirsangiz, manzara o‘zgarmaydi.

    Shunday ekan, avvalo, bu qonunning o‘zini mukammallashtirish shart. Buning uchun qonunshunos mutafakkirlar til haqidagi qonunimizni boshqalarning shunday hujjatlariga qiyosan ko‘rib chiqib, yetishmagan moddalarni ulardan olish haqida taklif berishlari kerak.

    Har bir davlatning o‘z fuqarolari oldidagi obro‘si qonunlarga amal qilinishini ta’minlash bilan yuksaladi. Hukumat degani esa qonun ijrosiga mas’ul mahkama. Shunday ekan, qonunni takomillashtirish, uni tishli-tirnoqli bir holga keltirish va bajarilmagan hollarda tayinlanadigan jazo mexanizmini barpo etish bilangina murod hosil bo‘ladi. O‘zbekistonda o‘zbek tili chinakam davlat tiliga aylanadi.

    04.05.2019, 19:45   Izoh (0)   38610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazm TRKda zilzila natijasidagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazildi

    04.05.2019, 18:42

    Nyu-Yorkdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘ldi

    04.05.2019, 18:21

    Jizzaxda besh kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

    04.05.2019, 17:32

    General Ahmad Burhonov Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining uyida bo‘ldi

    04.05.2019, 16:52

    IIBB Toshkentda haydovchilarni Ramazon oyida masjidlarga jamoat transportida kelishga chaqirdi

    04.05.2019, 15:57

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” may oyida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakatlanishini joriy etadi

    04.05.2019, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 240 nafarga yetdi

    Dunyo | 13 avgust, 20:15

    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

    Reklama | 13 avgust, 19:30

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga bordi

    Dunyo | 13 avgust, 20:05

    Dollar kursining pasayishi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun imkoniyatmi yoki xavf?

    Pul | 13 avgust, 19:56

    “Manchester Yunayted” Keynni APLga qaytarmoqchi

    Sport | 13 avgust, 19:47

    Belarus va Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    Dunyo | 13 avgust, 19:40

    Asossiz yechib olingan pullar bugun kun oxirigacha soliq to‘lovchilarga qaytariladi — Soliq qo‘mitasi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 19:24

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 13 avgust, 19:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.