“Yulduzlar jangi” filmida Chubakka rolini ijro etgan Piter Meyxyu vafot etdi. Bu haqda uning oila a’zolari Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Twitter / IMDb

30-aprel kuni vafot etgan Piter Meyxyu 74 yoshda bo‘lgan.

Piter Meyxyu Chubakka rolini orginal trilogiyada — “Yulduzlar jangi”ning 4—6-epizodlarida o‘ynagan. 2005-yilda esa u “Sitxlar qasosi”da yana bir bor vuki rolini ijro etgan. 2015-yilda (71 yoshida) Chubakka rolini dublyor Yonas Suotamo bilan birgalikda jonlantirgan edi.

Foto: Twitter / IMDb