Joriy yilning 30-aprel kunidan 1-mayga o‘tar kechasi soat 01:07 da Mirzo-Ulug‘bek tumani X.Abdullayev ko‘chasi 75A-uyda joylashgan “Saf-Savdo” MChJ do‘konidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Monitoring markaziga “tashvish” xabari kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Kelib tushgan xabar zudlik bilan Mirzo-Ulug‘bek tumani 1-sonli Tezkor harakatlanuvchi guruhga yetkazilgan.
Voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Saf-Savdo” MChJ do‘koni kirish eshigining past oyna qismini sindirish yo‘li bilan ichkariga kirgan noma’lum shaxs, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida qo‘lga olinib, tumandagi 1-son IIBB ga topshirilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma’lum shaxs 1980-yilda tug‘ilgan Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi D.V. ismli fuqaro ekanligi aniqlangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)