O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan hakamlar va nazoratchilar bilan ish olib borishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamentiga yosh mutaxassis Bekzod Aripov tayinlandi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lumot uchun, Bekzod Aripov 1989-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2013-yilda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. O‘z vaqtida “Chig‘atoy”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” klublarida futbolchi sifatida to‘p surgan. Bunga qadar Bekzod Aripov O‘zbekiston Professional futbol ligasida ishlab kelayotgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)