Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Uzavtotrans Service” MChJ korxonasi bugundan e’tiboran Qozog‘istonning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Toshkent — Turkiston, Toshkent — Olmaota, Toshkent — Ushkunur, Chirchiq — Ushkunur yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Qatnovlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy YUTONG avtobuslarida amalga oshiriladi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.

Toshkent — Turkiston yo‘nalishi chipta narxi 50 000 so‘m, Toshkent — Olmaota yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Toshkent — Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Chirchiq—Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi esa 90 000 so‘m qilib belgilangan.

Shuningdek, korxona tomonidan yaqin orada “Toshkent — Nur-Sulton (Qozog‘iston)”, “Toshkent — Taraz (Qozog‘iston)”, “Toshkent — Qizilo‘rda (Qozog‘iston)”, “Samarqand — Turkiston (Qozog‘iston)”, “Samarqand — Dushanbe (Tojikiston)”, “Toshkent — Qozon (Rossiya Federatsiyasi)”,“Toshkent — Ufa (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Omsk (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Petropavlovsk (Rossiya Federatsiyasi)” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Kelajakda Xitoy, Turkmaniston, Rossiya hamda Qirg‘izistonning shaharlariga O‘zbekistonning turli viloyatlaridan yo‘nalishlarni tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Lionel Messi “Barselona”ga o‘tish uchun “Al-Hilol” va “Inter Mayami”dan yordam so‘radi
Mahalliy
Namanganda kutubxona qurish uchun ajratilgan yerni 35 ming dollarga sotishga uringan deputat qo‘lga olindi 
Dunyo
Medvedev “dushmanga past baho bermaslikka” chaqirdi