Navoiy viloyatida “Invest In Navoi” II xalqaro biznes-forumi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Biznes-forumda dunyoning 40 dan oshiq mamlakatidan 250 nafardan ortiq ishbilarmon, investorlar, O‘zbekistondagi qator xorijiy davlatlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirning birinchi kuni Navoiy viloyati hokimi Qobiljon Tursunov ishbilarmonlar bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi.
Forum ishtirokchilari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi qo‘shma korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Xalqaro biznes-forum o‘z ishini davom ettirmoqda.
Izoh (0)