• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ketma-ket ikki yil davomida hosilga tayyor g‘allasi olib qo‘yilayotgan nishonlik fermer adolat istamoqda

    Dehqonchilik mashaqqatini yer egasidan yaxshi biladigan kishi bo‘lmasa kerak. Yerga urug‘ qadalgan paytdan boshlab, toki unib chiqqunga qadar bo‘lgan fursat mobaynida dehqon ancha-muncha zahmat chekadi. Eng yomoni — urug‘ ko‘karib, hosilga kirayotgan paytda unga kimdir ega chiqib, dehqon mehnatining rohatiga da’vo qilishi. Bu holat ketma-ket ikki yil davom etsa, dehqon qay ahvolga tushishini tasavvur qilayapsizmi?

    G‘ayrat Turdiyev.

    G‘ayrat Turdiyev.
    Foto: “Daryo”

    Nishon tumanining Do‘stlik MMTP hududida joylashgan “Do‘stlik Marjoni” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayrat Turdiyev 4 nafar ishchi xodimi bilan ana shunday sinovlarni boshidan kechirmoqda. Fermerning adolat izlab bormagan eshigi, murojaat qilmagan mutasaddisi qolmadi hisob. Haqiqat izlab axiri “Daryo” tahririyatiga ham murojaat yo‘lladi.

    Murojaatni o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Nishon tumanida bo‘ldi.

    — 2018-yil ham yerimni tortib olib, “Qulahmedov Jo‘raqobil” fermer xo‘jaligiga qo‘shib berishgandi, — deydi “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayrat Turdiyev. – O‘shanda ham 40 million so‘mlik xarajatlarimga kuyib qolgandim. Hech kim xarajatlarimni qoplab bermagan. Bu yil ham shu ahvol. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi qarorini asos qilib olib, yana yerimni tortib olishdi. 50 million so‘m xarajatlarimga kuyib qolyapman.

    G‘ayrat Turdiyevning aytishicha, uning ixtiyoridagi 38 gektar yer Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 100 gektardan kam deya “Qulahmedov Jo‘raqobil” fermer xo‘jaligi ixtiyoriga o‘tkazilgan.

    — Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, suv yo‘liga qarab yeri 100 gektardan kam bo‘lgan fermer xo‘jaliklarini tugatib, hududdagi 140 ta fermer xo‘jaligi o‘rniga 45 ta fermer xo‘jaligi qoldirildi, — deydi “Do‘stlik” MMTP raisi Bekzod Norqulov. – “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi ham yeri kamligi sabab tugatildi. Qilingan xarajatlariga kuyib qolishi haqida to‘xtalsak, fermer xo‘jaligi shudgor qilingan yerga urug‘ ekib, birinchi suvini berganligi rost. Ammo qilinayotgan xarajatlarning barchasi davlatdan berilayotgan kredit evaziga qoplangan. Agarda qo‘shimcha o‘g‘it sotib olgan bo‘lsa, xarajat qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin nega to‘lab berilmaganidan bexabarman. Chunki o‘tgan yili men ishlamaganman.

    Bekzod Norqulov.

    Bekzod Norqulov.
    Foto: “Daryo”

    Bekzod Norqulovning aytishicha, asosiy xarajatlar kredit evaziga qoplangach, “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi nomiga olingan kredit endilikda yerga egalik qilayotgan “Qulahmedov Jo‘raqobil” fermer xo‘jaligi nomiga o‘tkaziladi.

    — Fermer xo‘jaligimning 25 gektariga ekilgan g‘alla tayyor holatga kelganda yana yerimni tortib olishib, og‘zimdagi oshni o‘zgalarga berishlari qaysi adolat mezonlariga to‘g‘ri keladi, — deydi “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi rahbari. – Bu yil shuncha qilgan xarajatlarimga kuyib qolavermanmi? Shumi adolat?

    Ma’lum bo‘lishicha, “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi Nishon tumani hokimining 2015-yil 24-noyabrdagi X-1329/11-sonli qaroriga muvofiq tuzilgan bo‘lib, 38 gektar yer 49 yil muddatga ijaraga berilgan. 2018-yil 5-fevral kuni esa Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining 2018-yil 2-fevraldagi “Tumanda samarasiz va past rentabellik bilan faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish va yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga qaytarish to‘g‘risida”gi qarori asos qilinib, “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi yeri tuman yer zaxira fondiga qaytarilgan. Yerdan 49 yil davomida ijarada foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilingan.

    — Eng qizig‘i, fermer xo‘jaligimga tegishli yer tuman yer zaxira fondiga qaytarilgani haqida 2018-yil mart oyida xabar topayapman, — deydi G‘ayrat Turdiyev. – Men o‘z ishimda davom etyapman, tuman hokimligi esa yerimni tortib olib, zaxira fonidiga qaytarildi deb yonimdagi fermer xo‘jaligiga qo‘shib bergan. Qarabsizki, 20 gektar yerga ekkan g‘allamga ham boshqa fermer ega chiqib turibdi.

    Ha, fermer ham bunday vaziyatda jim turmadi. Haq-huquqini talab qilib mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildi. Tuman hokimiyu, prokuroridan najot bo‘lmagach, Oliy Majlis “eshigini qoqdi”. Natijada 2018-yil 10-avgust kuni Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasidan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining o‘sha paytdagi raisi, viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevga “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligiga nisbatan adolatsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytilib, Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashi qarorini bekor qilish masalasini viloyat Kengashi sessiyasiga qo‘yish tavsiya qilinadi. Oqibatda 2018-yil 24-sentabr kuni fermer huquqi tiklanib, Xalq deputatlari tuman kengashi qarori asos bo‘lgan tuman hokimi qarori bekor qilinadi va yer egasiga qaytariladi.

    “Ko‘kragimga shamol tegdi” deya mehnat qilishni boshlagan fermer G‘ayrat Turdiyev oktabr oyida ixtiyoridagi yerning 25 gektariga urug‘ qadab, g‘alla parvarish qila boshlaydi.

    — Okatbr oyida urug‘ ekib, agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazdik, sug‘orib g‘allani tayyor holatga olib kelganimizda 2019-yilning yanvar oyi o‘rtalarida fermer Hasan Aralov kelib yer uning ixtiyoriga o‘tganini aytib, bizni yerdan haydab chiqardi, — deydi “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligida suvchi bo‘lib ishlovchi Cho‘lli Usmonov. – Alam qiladigani 2 yildan beri ahvol shu. Har yili asosiy agrotexnik tadbirlar bajarilgach, yer tortib olinib, mehnatimizga kuyib qolayapmiz.

    Cho‘lli Usmonov.

    Cho‘lli Usmonov.
    Foto: “Daryo”

    — Vazirlar Mahkamasining qarorida ham belgilangan talablar bor-ku, agarda fermer xo‘jaligi o‘sha talablarga javob bermasa yeri olib qo‘yilishi belgilangan, — deydi fermer G‘ayrat Turdiyev. – Biz har yili rejani 100 foizdan ortiq qilib bajarib kelganmiz. Va eng qizig‘i, shubhalisi ham ikki yil davomida ham faqat “Qulahmedov Jo‘raqobil” fermer xo‘jaligiga qo‘shib yuborilayotgani. Mayli, qo‘shib yuborishsin faqat xuddi biz kabi o‘zini o‘zi eplayotgan 40–45 gektar yeri bor fermer xo‘jaligiga qo‘shishsin, o‘shanda bitta katta fermer xo‘jaligini tuzaylik.

    Vazirlar Mahkamasining qarorida quyidagi hollarda qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasi bekor qilinishi belgilangan.

    1) yer uchastkasidan qonun hujjatlarida, ijaraga olish shartnomasida ko‘rsatilgan talablar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish shartlari buzilganda hamda maqsadli, samarali va oqilona foydalanilmaganda;

    2) yer uchastkasini saqlash shartlariga va suvdan foydalanish tartibiga rioya etilmaganda, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari ko‘rilmaganda, shuningdek ushbu maqsadlar uchun o‘z mablag‘larini ajratmaganda;

    3) yer uchastkalari maydonlari uzoq muddatli yer ijara shartnomasida belgilangan o‘lchamlarga nisbatan kamaytirib yuborilganda, sug‘oriladigan maydonlarga asossiz ravishda bino-inshootlar qurilganda yoki boshqa turdagi zarar yetkazilganda;

    4) qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda yoki belgilangan talablarga rioya etilmaganda va normativ kadastr bahosidan past hosil olinganda;

    5) davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlari so‘nggi uch yilda bajarilmaganda, xo‘jalik faoliyati samarasiz yoki past rentabellik bilan yuritilganda;

    6) mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga rioya etilmaganda, ishchi — xodimlar, shu jumladan fermer xo‘jaligida mehnat qiladigan oila a’zolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun mehnat xavfsizligi shartlari ta’minlanmaganda;

    7) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda, so‘nggi uch yil davomida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar bank hisobvaraqlarida aylanishi ta’minlamaganda;

    8) fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini berish bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq tanlovda ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari xo‘jalikning ustav fondiga kiritilmaganda.

    Fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayrat Turdiyevning ma’lumot berishicha, fermer xo‘jaligi yuqorida tilga olingan biror bir holatga yo‘l qo‘ymagan. Shunday bo‘lsa-da, uning fermer xo‘jaligi tugatilgan. 25 gektar yerga ekilgan g‘alla parvarishi uchun sarflangan 50 million so‘m esa “tuya qilib yuborilmoqda”.

    — Gektariga 300 kilogrammdan sepilgan ammofosni o‘z hisobimdan sotib olganman, — deydi fermer. Mehnatimiz va ammofos uchun qilgan xarajatlarimiz ham ancha pulga boryapti. Minib yurgan mashinamni sotib xarajat qilgandim. Mehnatimizga achinishsa bo‘lardi.

    “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi g‘allasi.

    “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligi g‘allasi.
    Foto: “Daryo”

    — Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan optimallashtirish davrida tumandagi mavjud 1300 ta fermer xo‘jaligidan 423 tasi qoldi, — deydi Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov. – 100 gektardan kam bo‘lgan fermer xo‘jaliklari tugatilib, katta fermer xo‘jaliklariga qo‘shib berilishidan maqsad yerdan unumli foydalanish. Vazirlar Mahkamasi qarorida ham paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami 100 gektar bo‘lishi belgilangan.

    Muxtor Hayitmurodov “Daryo” muxbirining fermerning g‘alla ekish uchun qilgan xarajatlari qoplab beriladimi degan savoliga shunday javob berdi: “Fermer xo‘jaligining odatda 2 xil xarajati bo‘ladi. Birinchisi urug‘ va yoqilg‘iga sarflanadigan xarajatlar bo‘lib, bu xarajatlar davlat tomonidan ajratilgan kredit evaziga qoplanadi. Ikkinchi xarajat esa fermer o‘z mablag‘i evaziga qo‘shimcha o‘g‘it sotib olgan bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, xarajat albatta qoplanadi”.

    Tuman hokimi fermerning o‘tgan yili ham xarajatlari qoplab berilmaganligi to‘g‘risidagi iddaosiga javoban o‘sha paytda tumanda rahbarlik qilmaganini va bu borada xabari yo‘qligini aytdi.

    — “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligining 38 gektar yeri o‘tgan yili olib qo‘yilgach, xarajati nega qoplab berilmaganidan xabarim yo‘q, — deydi Muxtor Hayitmurodov. – Boisi o‘tgan yili iyul oyidan boshlab hokim sifatida ish boshlagandim. Bu yil qilingan xarajatlari albatta qoplab beriladi. Faqat g‘alla yig‘imidan so‘ng.

    Hokim suhbatimiz yakunida “Do‘stlik marjoni” fermer xo‘jaligining o‘tgan yilgi xarajatlari nima sababdan qoplab berilmaganligi haqida mutaxassislar ma’lumot berishini aytdi. Biroq oradan 10 kun vaqt o‘tsa-da, tuman hokimligi bu haqdagi ma’lumotlarni taqdim etmadi.

    Tuman hokimi ham, MMTP raisi ham fermer qilgan har qanday xarajat qoplab berilishini va’da qilmoqda. Ammo “o‘tgan yilgi xarajatlar nega qoplanmadi?” degan savolga kelganda esa har ikki mutasaddi ham o‘sha paytda ish olib bormaganini aytib, masaladan bexabarligini izohlayapti.

    O‘ylaymizki, fermerning muammosi tez orada ijobiy yakun topadi. Biz esa vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

    01.05.2019, 17:30   Izoh (0)   20278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2018-yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 6 trillion so‘mga oshdi

    01.05.2019, 17:19

    2019-yil 1-maydan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgardi?

    01.05.2019, 17:08

    Toshkent shahar klinik psixiatriya shifoxonasida bemorga tibbiy xodimning qo‘pol munosabatda bo‘lgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

    01.05.2019, 16:42

    Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildi

    01.05.2019, 16:33

    Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini tabrikladi (foto)

    01.05.2019, 16:20

    Toshkentda sportchi Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslar ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda

    01.05.2019, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar Apofis asteroidining rekord darajada yaqin uchib o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    Dunyo | 9 iyun, 18:25

    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

    Reklama | 9 iyun, 18:00

    Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 9 iyun, 18:02

    Mutaxassis eriydigan qahvaning zarari va undan kimlar voz kechishi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirdi

    Layfstayl | 9 iyun, 17:58

    Turk aktyori Burak O‘zchivit rafiqasi Fahriye Evjenni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab tanqidga uchradi

    Layfstayl | 9 iyun, 17:49

    “Yaqinda ko‘chamiz”. Sherzod Hidoyatov dastlab qaysi vazirliklar “Yangi Toshkent”ga ko‘chirilishini maʼlum qildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 17:32

    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida

    Reklama | 9 iyun, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.