Rossiyada “Ilyushin” aviakompleksining sobiq bosh konstruktori Genrix Novojilov 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Novojilovning rahbarligi ostida harbiy-transport va fuqarolik aviatsyasining eng ko‘p tarqalgan samolyotlari — Il-76 va Il-96 yaratilgandi.
Aviakonstruktor Rossiyadagi ilk keng fyuzelajli yo‘lovchi samolyoti Il-86, “uchuvchi qo‘mondonlik punkti” nomini olgan harbiy Il-80, uzoq masofaga uchuvchi Il-96-300 samolyotlarini yaratish ishlariga ham rahbarlik qilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashriflari davomida aynan Il-96-300 samolyotining maxsus versiyasidan foydalanadi.
Izoh (0)