Peru appellyatsiya sudi korrupsiyaga oid jinoyat ishini tergov qilish doirasida mamlakat sobiq prezidenti Pedro Pablo Kuchinskini uy qamog‘iga hukm qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Oliy sudning siyosatchini qamoqqa olish haqidagi qarori bekor qilingan.
Sud Kuchinskining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uni ozod qilinishini so‘ragan advokatlarning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Kuchinski avvalroq kasalxonaga yotqizilgan bo‘lib, yurak operatsiyasi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, jazo muddati o‘zgarishsiz qoldirilgan — 36 oy.
Pedro Pablo Kuchinski 2018-yilning 21-martida, kongressda uning impichmentiga ovoz berilishidan bir kun avval iste’foga chiqqan. U davlat aktivlarini o‘g‘irlashda va jinoiy tashkilotga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)