Koreya Respublikasi hukumati 1-maydan boshlab sayyohlarga Shimoliy Koreya bilan chegarada joylashgan Pxanmunjom punktida Birlashgan havfsizlik zonasini ochadi, deya xabar beradi “TASS”.
Ushbu sayyohlik yo‘nalishi Shimol va Janub harbiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida imzolangan bitimlarga asosan yigirmata xavfsizlik xizmatlarini minadan tozalash va buzib tashlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 2018-yilning oktabr oyidan buyon yopilgan.
O‘shanda ikki Koreya davlati Pxanmunjomga ekskursiyalar dasturini qayta ishga tushirishni va chegara hududining janubiy va shimoliy tomonlarini erkin harakatlanishga ruxsat berishga kelishib olgan. Biroq, Seul, Pxenyan va Vashington hali ham barcha tafsilotlarni kelisha olmagan, shu sababdan sayyohlar faqatgina Janubiy Koreya va AQSh harbiylari tomonidan birgalikda nazorat qilinadigan tomonda bo‘lishi mumkin.
1-maydan e’tiboran Pxanmunjomga kelgan sayyohlar yanada ko‘proq tarixiy joylarni ko‘rishi mumkin. Agar avval sayyohlar faqat harbiy muzokaralar uchun ko‘k pavilyonlarga tashrif buyurishlari mumkin bo‘lsa, endi mehmonlar KXDR va Janubiy Koreya rahbarlari tomonidan o‘tgan yilning 27-mayida birgalikda ekilgan daraxtni ko‘rishlari hamda Mun Chje In va Kim Chen Inning yarim soatlik suhbati bo‘lib o‘tgan piyoda ko‘prigi bo‘ylab yurishlari mumkin.
Koreya respublikasi fuqarolari Birlashgan xavfsizlik zonasiga sayohatni Milliy xavfsizlik xizmati veb-sayti, chet elliklar esa akkreditatsiya qilingan sayohat agentliklari orqali rasmiylashtirishi mumkin.
Pxanmunjomdagi ikkita Koreya davlati chegarasida o‘rnatilgan xavfsizlik zonasi BMT qo‘mondonligi vakolatiga kiradi, aslida esa bu hudud AQSh harbiylari tomonidan taqdim etilgan. U 1950—1953-yillardagi Koreya urushi tugaganidan so‘ng yaratilgan. Bu Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya harbiylari bir-biridan bir necha metr uzoqlikda xizmat qiladigan chegara hududidagi yagona joy. Avvalroq, 2017-yilning noyabrida bu mintaqada bir necha marta qurolli hodisalar yuz bergan.
Izoh (0)