Gretsiyaning Kalamata shahrida mahalliy teleoperator Pasxani “nayzalar jangi” bilan nishonlash odatini tasvirga olish chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ushbu odatga ko‘ra ishtirokchilar porox bilan to‘dirilgan karton trubkali qo‘lbola nayzalar yordamida jangga kirishadi. Shunday nayzalardan biri 53 yashar operatorning boshiga kelib tegdi.
U o‘ta og‘ir holatda kasalxonaga yotqizildi va shifokorlarning urinishga qaramay, vafot etdi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, teleoperator o‘z halokatini tasvirga olishga ulgurgan ekan.
Izoh (0)