Angliyaning professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterling mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.
24 yoshli xavbek bu yo‘lda Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Markus Reshford (“Manchester Yunayted”), Deklan Rays (“Vest Hem”) va Devid Bruksni (“Bornmut”) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, sovrin 1973/74-yilgi mavsumdan buyon o‘z egalariga berib kelinadi. Avvalgi mavsum “Manchester Siti” vingeri Leroy Sane mazkur sovringa ega chiqqandi.
Avvalroq “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)