Oksford universiteti professori Yang-xe Chining o‘zga sayyoraliklar nazariyasi haqidagi yangi kitob nashrdan chiqdi. Bu haqda Mirror xabar berdi.
Yang-xe Chining fikricha, o‘zga sayyoraliklar yerliklar bilan birga yangi gibrid turni yaratmoqchi. U tur global isish paytida insoniyatni saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek, gibrid tur insoniyat yadro urushi kabi jiddiy inqirozga duch kelgan vaqtda paydo bo‘ladi.
O‘zining yangi “O‘zga sayyoraliklarning tashrifi va insoniyatning tugashi” kitobida professor o‘zga sayyoraliklar o‘z biotizimida qanday qilib yashashga harakat qilishi tushuntirilgan.
Kitobda professor 4 turdagi: kichik, bo‘yi baland va sochi yo‘q, ilon ko‘zli, hasharotsimon o‘zga sayyoraliklar haqida gapirib o‘tgan.
Uning aytishicha, hasharotsimon o‘zga sayyoraliklar yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘ladi hamda boshqa turlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Izoh (0)