Sergeli tumanida joylashgan “Utopiya” tungi klubida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook foydalanuvchilaridan biri Aleksandr Suchkov xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, klub xodimlari yong‘inni o‘chirish maqsadida tomga chiqib chelaklab suv quygan, lekin bu natija bermagan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in yetti daqiqada o‘chirilgan.
Shuningdek, tez tibbiy yordam mashinasi ham yetib kelgan.
Izoh (0)