Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi terma jamoa hisobiga navbatdagi medallarni yozdirib qo‘ydi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
-109 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Akbar Jo‘rayev dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha 3 ta kumush medalga ega chiqdi. Qayd etish joiz, Akbar Jo‘rayev ham dast ko‘tarish, ham siltab ko‘tarish, shu bilan birga, ikki kurash bo‘yicha ham yoshlar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Chempionati. Xitoy
Erkaklar, -109 kg:
- Chje Yan (Xitoy) – 417 kg (192 kg + 225 kg)
- Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 410 kg (185 kg + 225 kg)
- Ali Hoshimiy (Eron) – 406 kg (180 kg + 25 kg)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)