Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb xabar beradi GoSport.

Foto: Instagram

AQShning Inglvud shahridagi Forum saroyida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyevga meksikalik sobiq chempion, jahon chempionligi kamari da’vogari Karlos Karlson (23-6, 14 KO) raqiblik qildi.

8 raundga mo‘ljallangan reyting jangida Murodjon to‘liq ustunlik ega bo‘ldi va 3-raund tugashiga 9 soniya qolganida raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun kechadigan jangidan oldin navbatdagi nokautni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!