MDH mamlakatlari ichki ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi 30-may—1-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Sputnik.
25-aprel kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida boshlangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik doirasida MDH ishtirokchi davlatlar IIV/Politsiya ekspertlarining yig‘ilishi yakunlandi.
Unda ekspertlar Kengash kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini, shuningdek MDH ishtirokchi-davlatlarning IIV/Politsiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo dasturni amaliyotga tadbiq etishning dolzarb masalalarini kelishib oldi.
Izoh (0)