Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan balandlikka sakrash bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medallar yozib qo‘yildi.
Jismoniy tarbiya vs sport vazirligining xabar berishicha, yetti kurash yo‘nalishi bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan Yekaterina Voronina 6198 ball jamg‘arib, oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash bahslarida esa o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova medal uchun bahsga kirishdi. Nadiya 1,90 metrlik balandlikni zabt etib, oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Svetlana 1,88 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yana bir o‘zbekistonlik sportchi Ruslan Qurbonov musobaqaning uch hatlab sakrash bo‘yicha bahslarida oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan o‘rin egalladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)