Lyuksemburg buyuk gersogi Jan 98 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li Anri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Gersog Parm Burbonlari avlodidan edi. 1942-yilda Britaniya armiyasi safiga qo‘shilgan, 1944-yilda Normand operatsiyasida ishtirok etgandi.

Jan 1964-yilda onasi, buyuk gersoginya Sharlottadan so‘ng Lyuksemburgni boshqardi. U 2000-yilda o‘g‘li Anri foydasiga taxtdan voz kechgandi.