• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ochilmagan ochiqlik

    “Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy davlat idoralarining ochiq ma’lumotlar portali faoliyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tadi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    O‘zbekistonda 2015-yildan buyon ochiq ma’lumotlar portali — “Data.gov.uz” faoliyat ko‘rsatmoqda. G‘oya albatta ajoyib — barcha davlat organlari o‘zlaridagi ma’lumotlarni ochiq-oshkor foydalanish uchun joylashtirishlari darkor. Shu jumladan, mazkur ma’lumotlardan dasturchilar turli ishlanmalarda foydalana olishlari uchun va ular mashina o‘qiy oladigan ko‘rinishida bo‘lishi lozim.

    Ammo lekin, yumshoq qilib aytganda, ushbu portal to‘liq ishlagani yo‘q. 5 foizdan kamroq axborotgina muntazam yangilanmoqda. Ko‘plab davlat organlari esa portalga fuqarolarni qabul qilish jadvalini ham joylashtirishgan bo‘lib, nima uchundir portal ulardan aynan shu narsani kutyapti deb o‘ylashgan. Masalan, Toshkent hokimiyati 2018-yilda ikkita ma’lumotlar bazasini joylashtirdi: Toshkent shahar nazorat organlari reyestri hamda rahbariyatning aloqa manzillari bilan, qabul soatlari; 2017-yilda esa Toshkent shahar tumanlari hokimlari haqida ma’lumot joylagan xolos. 2016-yilda bundan ko‘proq ma’lumot joylangan edi, biroq o‘tgan uch yil davomida bu ma’lumotlar, tayinki, eskirdi.

    Bularni keltirishdan maqsad hokimiyatni tanqid qilish emas (va nafaqat); boshqa sohalarda va ma’muriy-hududiy davlat organlari kesimida qaraganda ham vaziyat bundan yaxshiroq deb bo‘lmaydi. Ochiq ma’lumotlarga nisbatan bunday yuzaki munosabatning sabablari quyidagilardir: hech bir davlat organi oshkoralik va shaffoflikdan manfaatdor emas; ikkinchidan, davlat organlari xodimlari orasida ochiq ma’lumotlarni joylab borish tajribasi ham, demakki, bunga loyiq malaka va rag‘bat ham shakllanmagan (vaholanki, to‘rt yil mobaynida bunday tajribani to‘plab olish mumkin edi). Uchinchidan, o‘sha ochiq ma’lumotlarning sifati va ishonchlilik darajasi jihatdan sifati juda past va, to‘rtinchidan, jamiyatda ushbu ochiq ma’lumotlarga talabning o‘zi yo‘q — biz ularni nima qilishni bilmaymiz.

    Tez orada vaziyat o‘zgarishi lozim — O‘zbekiston Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, endilikda davlat organlarining ochiq ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha faoliyatini Davlat statistika qo‘mitasi muvofiqlashtirib boradi va portalning faoliyati uchun esa Prezident huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) mas’ul bo‘ladi. Ochiq ma’lumotlarni taqdim qilish darajasi elektron hukumat reytingini tayyorlashda inobatga olinadi. Tushunganingizdek, so‘nggi vaqtlarda bunday reytinglarga katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqindagina O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rinlarini monitoring qilish va baholash Milliy tizimi tashkil qilingani ham buning dalilidir.

    Yuqoridagi yozganlarimning bari ochiq ma’lumotlarning yaxshi taraflarini e’tirof etish va ularning bizga nimaga kerakligini tushuntirishga qaratilgan muqaddima edi.

    Birinchidan, ular turli dasturiy ilovalar ishlab chiqaruvchilarga zarur. Xorijda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar haqida misollar keltiramiz.

    • Havo iflosligi haqidagi ma’lumotlar bazasi u yoki bu hududdan kvartira sotib olish masalasida yordam beruvchi dastur tuzishga imkon beradi. Yoki biror bog‘ga aylangani borish yoxud muayyan hududda gazlanish mavjudligi haqida ma’lumot beruvchi dastur uchun kerak bo‘ladi;
    • Shahar hududlaridagi jinoyatchilik darajasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi ushbu joydagi kvartiralar narx-navosiga hamda mazkur hududda kechasi aylangani chiqish xohishiga ta’sir ko‘rsatadi — buni maxsus dastur yordamida tekshirib ko‘rish mumkin bo‘ladi;
    • Hududlar bo‘yicha uy-joy narx-navosi haqidagi ma’lumotlar rieltorlarga va uy-joyni sotish yoki sotib olish istagidagi barchaga qo‘l keladi;
    • Turli ayriboshlash shoxobchalaridagi valyutalar kursi haqidagi dastur eng foydali tanlov uchun asqatadi;
    • Hozirda avtobuslar harakatini ko‘rsatuvchi dastur allaqachon bor, lekin ushbu ma’lumotlar ochiq bazada bo‘lsa, yanada qulayroq va boshqa servislar bilan bog‘langan holda ishlaydigan yangi dasturlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ladi;
    • Tarmoqda Hindistonning Kerala shtatidan keltirilgan misol mavjud: baliqchilar mobil dastur vositasida qaysi bozorda baliq narxi eng yuqori ekanini kuzatadi va tutilgan o‘ljani pullash uchun aynan o‘sha yoqqa olib boradi;
    • Yo‘l harakati hodisalarining statistikasini taqdim etuvchi dasturlarga ehtiyoj mavjud va u shaharliklar orasida ommalashgan;
    • Infrastruktura tarmoqlari ham ko‘rsatib o‘tilgan yer kadastri ma’lumotlari qurilish kompaniyalari va yer maydoni sotib olish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar beradi;
    • Braziliyada budjet mablag‘lari yuzasida sarf-xarajatlarga oid oshkora ma’lumotlar korrupsiyaga qarshi kurashda yordam bermoqda;
    • Havoda allergen o‘simliklar changi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar allergiya jabrdiydalari uchun asqatadigan xaritani tuzishga imkon beradi.
    Bu misollar dabdurustdan esga kelganlari xolos. Yevropa mamlakatlarida ochiq ma’lumotlar evaziga sarf-xarajatlardan iqtisod qilinishi tufayli orttirilgan 140 milliard mablag‘ haqida ma’lumotlar bor. Ayniqsa geografik va meteorologik ma’lumotlar, biznes haqida ma’lumotlar, moliya, ijtimoiy-demografik holat, transport borasidagi ma’lumotlarga talab kuchli. Turli ma’lumotlarning mavjudligi, dasturchilarni ham turli xil startaplarga undaydi va o‘z navbatida, bu narsa IT-biznesning rivojlanishiga turtki beradi.

    Ikkinchidan, ochiq ma’lumotlar portali — jurnalistlar uchun ideal ko‘makchi! Ma’lumotlar mashina o‘qiydigan holatda keltiriladi degan gaplar oddiy odamlarni cho‘chitadi. Ha, bu qo‘rqinchli, lekin unchalik emas. JSON va XML formatlari bizga kerak emas, lekin CSV biz uchun qiziq. Agar siz o‘zingizga kerakli ma’lumotlar to‘plamini ochib, CSV tugmasini bossangiz, ushbu ma’lumotlar sizning kompyuteringizda, Excel dasturida ochiladi.

    Keyin esa “Vstavka” menyusiga kirasiz va ma’lumotlarning ko‘rsatilish turini tanlaysiz. Gistogramma, doiraviy diagramma, chiziqli yoki nuqtali grafik va hokazolar. Shunda siz istalgan maqolaga zeb berib, uning salohiyatini oshiradigan tayyor diagrammaga ega bo‘lasiz. Ehtimol, kodirovka hamda kataklar formati bilan biroz ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Lekin olinadigan ajoyib natija bilan taqqoslaganda, bu ovoragarchiliklar mayda-chuyda bo‘lib qoladi.

    Umid qilamizki, ochiq ma’lumotlar portali to‘liq ishlay boshlaydi va biz, davlat organlari tomonidan taqdim etilgan ko‘plab ma’lumotlarni va ular asosida ishlaydigan turli dasturiy ilovalarni hamda ajoyib diagrammalar bilan dalillangan jurnalistik maqolalarni tez orada ko‘ramiz. Shuningdek, elektron hukumatning tayyorlik darajasini belgilovchi xalqaro reytinglardagi O‘zbekistonning pozitsiyasini ko‘tarilishini ham.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    23.04.2019, 09:23   Izoh (0)   170650
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.