O‘tish davri harbiy kengashi rahbari Abdil Fattoh Al-Burxonning aytishicha, sobiq prezidentning atrofidagi yuqori lavozimli amaldorlar ham qamoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, al-Bashir hukumatdan olib tashlanganidan so‘ng prezidentlik qarorgohida qo‘riqlangan. Bir oz vaqt o‘tgach, yana bir manbaning aytishicha, prezident yakkalik kameraga olib ketilgan va kuchli qo‘riqlash ostida saqlanmoqda.
Sudandagi to‘ntarilish 11-aprel kuni respublika fuqarolari tomonidan bir necha oy davom etgan norozilik namoyishlari oqibatida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)