Qozonda yuz bergan yong‘inda olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Qozon shahridagi Aviastroitelniy tumanida xususiy turar-joy binosidagi yong‘in haqidagi xabar Moskva vaqti bilan soat 23:33 da kelib tushgan.
Uyning egasi, qizi, eri va uchta farzandi vafot etgan.
Yong‘in o‘chirilgan. Voqea joyida tergovchilar ishlamoqda. Yong‘inning barcha ehtimoliy sabablari o‘rganilmoqda, ulardan eng asosiysi — elektrotexnik.
Izoh (0)