Qozog‘istonlik nogironligi bo‘lgan Ali Turganbekov Lionel Messi hamda “Barselona”ning boshqa yulduzlari bilan ko‘rishdi. Bu haqda “Tengrinews” muxbiri xabar berdi.
Bolakay o‘zining kumiri bilan suratga tushdi va unga Qozog‘iston shokoladini sovg‘a qildi. Shuningdek, Ali “Kamp Nou” stadioniga keldi va “Barselona”ning mashg‘ulotlarida qatnashdi.“Messi meni boshimni silaganda ichimda xuddi kapalaklar uchganday bo‘ldi va menga nimalardir dedi. Hammasi uchun Yaratganga minnatdorchilik bildiraman! Unga ishoning va unga iltijo qiling. Hammasi uning qo‘lida! Men orzu qildim, ota-onam harakat qilishdi, Xudo esa orzumga yetishtirdi”, — deb yozadi Ali o‘zining Instagram sahifasida.
“Hissiyotlarini yashira olmadi! U menga: “Oyijon, hozircha meni uyg‘otmang” — deb takrorladi,” — deydi bolaning onasi.
Ta’kidlash joiz, Ali mart oyida Ukraina terma jamoasi sobiq futbolchisi va jamoaning bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bilan ko‘rishdi. 2018-yilda esa Ali afsonaviy Diyego Maradona hamda PSJ yulduzi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)