Shri-Lankada sodir etilgan terrorchilik hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 160 nafarga yetdi, deya xabar beradi “Meduza”.
Umumiy portlashlar soni oltitani tashkil qilgan: bittasi cherkovda, uchtasi mehmonxona va boshqa shaharlardagi cherkovlarda.
Hozirda qurbonlar soni oshib bormoqda. Kolombodagi cherkovda eng kamida 50 kishi halok bo‘lgan.
Portlash uchun javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmagan. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim portlashlar hudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan.
Portlash katoliklarning Pasxasi arafasida sodir etilgan.
Izoh (0)