Hindistonning Orissa shtatidagi ikki qishloqda fil hujumidan so‘ng besh kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “Media.az”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi bir oiladan uch kishi Sandxa qishlog‘idagi uyining ayvonida uxlab yotgan chog‘ida fillar hujumiga uchragan. Ularning barchasi joyida vafot etgan. Keyinchalik o‘sha qishloqda yana bir ayol halok bo‘lgan.
Bir soat o‘tgach, qo‘shni Santapada qishlog‘idan kimligi hozircha aniqlanmagan yana bir o‘lgan odam haqida xabar kelib tushgan.
Orissa yovvoyi tabiat hamjamiyat vakili (WSO), fil “agressiv holatda bo‘lganligi va ko‘p odamlarga hujum qilgan bo‘lishi mumkin”ligini ma’lum qilgan va hukumatni hayvonni qo‘lga olish va hujumlarni oldini olishga chaqirgan.
Orissa shtatida fillar odamlarga tez-tez hujum qiladi: Orissa yovvoyi tabiat jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi to‘qqiz yil ichida 694 ta fil va 661 kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston hukumati yovvoyi hayvonlarning hujumiga uchragan oila a’zolariga 400 ming hind rupiyasi (5,7 ming dollar) tovon puli to‘laydi.
Izoh (0)