21-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi janglari o‘tkazilmoqda.
-69 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Boturov nimchorak final bosqichida eronlik Sajjar Kozimzodaposhtiriga qarshi ringga chiqib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi.
Avvalroq Hasanboy Do‘stmatovning butanlik raqibini mag‘lub etganligi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)