A.Alimova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2009-yil sentabr oyidan Xatirchi tibbiyot kolleji axborot-resurs markazi xodimasi vazifasida ishlab kelgan. U fuqaro S.Malikova bilan tanishib, Xatirchi tibbiyot kolleji Shartnomaviy ta’lim bo‘limiga o‘qishga kirish niyati borligini aniqlab, o‘zini unga Xatirchi tibbiyot kollejida yuqori mansabda ishlovchi shaxs sifatida ko‘rsatgan, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
A.Alimova S.Malikovaga bir nechta nomzodlarni kollej direktori bilan kelishib, Shartnomaviy ta’lim bo‘limiga o‘qishga joylashtirib qo‘yganligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni aytib, kollej direktoriga 400 AQSh dollarini berishga undagan.
A.Alimova 2019-yil 16-yanvar kuni 19:50 larda Xatirchi tumani hokimligi binosi yonida undan 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Sud sudlanuvchi A.Alimovani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarini qo‘llab, Jinoyat Kodeksining 59-moddasi tartibida 1 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qildi va 2 yil-u 6 oyga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.
Izoh (0)