• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalq ta’limi vaziri: Maktablar hamma uchun tekin yordamchi bo‘lib qolgan edi

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Jamiyat” gazetasiga bergan intervyusida tizimda anchadan buyon katta muammolar to‘planib qolgani haqida gapirdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Xalq ta’limi tizimi juda katta tarmoq. Ancha yildan buyon ko‘plab muammolar yig‘ilib kelgan. Katta tizim bo‘lgani uchun muammolarning paydo bo‘lishi ham, ularning yechilgani ham birdan bilinmaydi. Masalan, qurilish sohasini olib qaraydigan bo‘lsak. Biror inshootni qurib, foydalanishga topshirsangiz, ko‘zga darrov ko‘rinadi. Lekin ta’lim sohasida bu narsa bilinmaydi.

    Prezidentimiz o‘qituvchining obro‘sini ko‘tarish kerakligini ta’kidladilar. Yaxshi o‘qituvchi maktabga kelsa, ta’lim sifati oshadi. Ana undan keyin biz natijaga erisha olamiz. Uning uchun nima qilish kerak? Avvalo, maktablarimiz eng zo‘r pedagoglar keladigan, odamlar havas qiladigan joyga aylanishi lozim. Yaqin tarixga qaraydigan bo‘lsak, unday emasdi. Maktablarimiz hamma uchun tekin yordamchi bo‘lib qolgan edi. Tozalashga ham o‘qituvchi, paxta terishga ham o‘qituvchi. Qo‘pol bo‘lsa, uzr so‘rayman, ayrim joylarda o‘qituvchilar, hatto, go‘ng tashiganini ham aytishdi. Oylik esa oshmagan. Ya’ni, umumiy qaror bo‘yicha oshirilgan, lekin soha uchun alohida oshirilmagan. Soha katta bo‘lgani bois arzimagan miqdorda oylik oshirilsa ham mablag‘ katta bo‘lib ketadi. Yillar davomida o‘qituvchining oyligi o‘sish sur’ati boshqa tarmoqlarga qaraganda orqada bo‘lib kelgan”, — deydi vazir.

    “Bir misol, abituriyent biror oliygohga hujjat topshirishdan avval, qaysi institutda o‘qish haqida o‘ylaydi. Imkoniyati baland, bilimli bolalar diplomatiya, huquqshunoslik, iqtisodiyot kabi yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarini tanlaydi. Birinchi yil talaba bo‘la olmaganlar yoki o‘z bilimiga ishonchi kamroq bo‘lganlar esa pedagogikaga hujjat topshiradi. Mana, Finlyaandiya, Singapurni maqtab gapiramiz. U yoqda imkoniyati yuqori bolalar pedagogika sohasini tanlaydi. Bizda ham shunday bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘qituvchining obro‘si va maoshini oshirish kerak.

    Men nima uchun uzoqdan gap boshladim?! Sababi bizda uzoq yillar boshqa institutlarga kira olmaganlar nisbatan kam ball bilan o‘qituvchilik sohasiga o‘qishga kirgan. Ular maktablarda o‘qitgan bolalar ham shunga monand ravishda zo‘r ta’lim olisholmagan. O‘sha bolalar ham maktabni tugatib, oralaridagi eng kam bilimlilar yana pedagogika oliygohlariga kirgan.

    Natijada yillar davomida ta’lim sifati pasayib boravergan. Zanjir mana shunday da’vom etgan. Prezidentimizning siyosiy irodasi bilan hozircha qilingan eng katta ish mana shu zanjir 180 gradusga o‘zgartirildi. Bu juda katta muvaffaqiyat. Avvalgi salbiy zanjirning natijasini biz bugun ko‘rib turibmiz. Misol uchun, ko‘chadagi reklama va e’lonlardagi xatolarni qarang. Qolaversa, millionlab yurtdoshlarimiz chet davlatlarda yuribdi. Afsuski, ko‘plarining huquqlari poymol bo‘lyapti. Chunki ularning ko‘pi na o‘z tilida, na rus tilida eplab yozishni, fikrini to‘liq bayon qilishni biladi.
    Mana shunday salbiy natijalarni endi ko‘rib, bilib turibmiz. Lekin bu narsalar bir kunda bo‘lmagan-ku! Necha yillik ta’lim tizimidagi nuqsonlar sabab bo‘lgan. Bu narsa ataylab qilingan, degan fikrdan yiroqman. Shunchaki, sohaga e’tibor yetarlicha bo‘lmagan. Endi mana shu yillar davomida ishlab kelgan salbiy zanjir o‘zgartirildi. Ya’ni xalqimiz o‘qituvchilik kasbiga sekin-asta qiziqa boshlayapti. Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar maktabga qaytyapti. Masalan, erkaklar oila boquvchisi bo‘lishgani uchun oylik kamligi sabab bosh¬qa ishlar bilan shug‘ullanib ketgan edi. Mana, sekin-sekin erkak ustozlar safi ham kengayayapti. Ko‘plari esa ‘qaytsam bo‘larkan’ deb o‘ylab ko‘ryapti.
    Shuning uchun biz bu narsaga qattiq turdikki, birinchi galda, oylikni oshirish kerak edi. Qolaversa, o‘qituvchini kasbidan tashqari bo‘lgan ortiqcha mehnatga jalb qilmaslik choralarini ko‘rdik. Ko‘p¬lab davlat idoralari ham ko‘mak berishdi. Ommaviy axborot vositalari katta yordam berdi. Umuman, hamma bir yoqadan bosh chiqardi. Natijada bugun o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinmasligiga erishyapmiz. Hatto, hokimlar selektor yig‘ilishlari qilib, ‘Bir o‘qituvchi paxta dalasi yonidan shunchaki o‘tib ketayotgan bo‘lsa ham ortiga qaytarib yuboringlar. Ko‘rinishmasin dalada’ deganmish. Bu yaxshi natija-da baribir.

    Bu hali hamma narsa yaxshi, ta’lim sifati zo‘r, degani emas. Biz shunchaki o‘qituvchini o‘z ishi bilan shug‘ullanishi haqida gapirdik. Biroq birdaniga samara zo‘r bo‘ladi, deb o‘ylamaslik kerak. Sababi ko‘p yillar o‘qituvchilar kuzgi mavsumda ham, bahorgi mavsumda ham dalada bo‘lgan. Ancha yillar kasbiga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullangan odamlar maktabga keldi. Endi ular nima ish qilishi kerakligini bilishi kerak”— deya so‘zlarini davom etiradi Sherzod Shermatov.

    Sherzod Shermatov shuningdek, prezident maktablarida ta’lim qanday tashkil etilishi haqida ham ma’lumot berdi:
    “Prezidentimiz bu tashabbusni ko‘targanida bu maktablarda eng vatanparvar bolalarni tarbiyalash kerakligini aytgan edi. Xorijiy tillar chuqur o‘rganilishi bilan birga, albatta, o‘zbek tili asosiy tilimiz sifatida o‘qitiladi. Bunga shubha bo‘lishi ham mumkin emas. Maqsad – O‘zbekiston kadrlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirmoqchimiz. Shu bolalarimiz ertaga mamlakatimizning rivojlanishi uchun hissa qo‘shishi kerak.

    Qolaversa, Prezident maktablari butun ta’lim tizimi uchun, maktablar uchun namuna bo‘ladi. Ya’ni, yangi, jahon ta’lim standartlari talabiga mos dastur tuziladi. Ikkinchidan, maktabga qabul jarayonlari takomillashadi. Uchinchidan, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish maskani vazifasini o‘taydi. Turli viloyatlardan o‘qituvchilar kelib, darslarga qatnashib, kuzatib, o‘rganib ketadi. Shu maktab misolida butun ta’lim tizimida o‘ziga xos islohotlar amalga oshiriladi. Asosiysi, har bir chet ellik o‘qituvchining yonida o‘zimizniki ham bo‘lib, o‘ziga xos guruh shakllanadi.

    Imtihonlar, hujjat topshirish masalalariga kelsak, hozir bu borada oxirgi xulosaga kelingani yo‘q, ishlar ketyapti. Albatta, barcha ma’lumotlar taqdim etib boriladi. Talablari, tartiblari ishlab chiqilyapti. Hujjat topshirish, boshlang‘ich saralash, imtihon, hammasi adolatli, shaffof bo‘ladi”.

    20.04.2019, 11:50   Izoh (0)   19235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherzod Shermatov: Farzandining kelajagini o‘ylaydigan ota-ona uning ta’limi uchun mablag‘ni ayashi kerak emas

    20.04.2019, 11:07

    O‘zbekistonda yangi endokrinologiya muassasalari quriladi, mavjudlari ta’mirlanadi

    20.04.2019, 10:45

    Samarqanddagi “Ulfatlar” restorani mutasaddilari qurtlagan go‘sht pishirilayotgani haqidagi ovozalarni qasddan uyushtirilgan deb hisoblamoqda

    20.04.2019, 09:55

    O‘zbekistonda aviatsiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tiklanadi

    19.04.2019, 23:19

    Qarshi aeroportida Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi qadimiy tangalarni olib o‘tishga urindi

    19.04.2019, 22:48

    O‘zbekistonda achchiq qalampir eksporti 25 mln dollarga ko‘tarildi

    19.04.2019, 22:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya ilk bor Eurofighter qiruvchi samolyotlarini Polshaga joylashtirdi

    Dunyo | 5 avgust, 10:40

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Instagram: Jey Lo bilan uchrashgan Rayhon, noodatiy klip oldirayotgan Kaniza, Bobur Yo‘ldoshevning eng yaqin do‘sti kim?

    Madaniyat | 5 avgust, 10:19

    Braziliya sobiq prezidenti uy qamog‘iga olindi

    Dunyo | 5 avgust, 10:10

    Ruben Amorim: “ ‘Manchester Yunayted’da 20 yil qolishni xohlayman”

    Sport | 5 avgust, 10:03

    Qozog‘istondagi 17 ta qishloq aholisi alkogoldan butunlay voz kechdi

    Qozog‘iston | 5 avgust, 09:55

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    Buxoroda saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 09:46

    Xitoyda kattalar uchun mo‘ljallangan so‘rg‘ichlar ommalashmoqda

    Layfstayl | 5 avgust, 09:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.