• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya Energetika vazirlari hamkorlikdagi loyihalarni muhokama qildi

    Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov va Koreya Respublikasining bir qator delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Unda Koreya Respublikasi eksport-import banki (“Korea Eximbank”) prezidenti In Son Su O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholar ekan, ayniqsa, bunda energetika sohasidagi islohotlar mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, respublikaning biznes faolligi va investitsion jozibadorligini, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri ekaniga alohida e’tibor qaratdi.

    Tomonlar “Korea Eximbank” moliyalashtiradigan loyihalarni, jumladan, sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod (“Uzbekistan GTL”) va Surg‘il gaz-kimyo majmuasi (“Uz-KorGasChemical”) qurilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Muhokama jarayonida bunday loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritishni rejalashtirayotgan Janubiy koreyalik sarmoyadorlar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanishi ham ta’kidlandi.

    Uchrashuvda “Korea Eximbanki” tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar ham muhokama qilindi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish, yangi qurilayotgan issiqlik elektr stansiyalarida par-gazli uskunalarning qurilishi, avtomatlashtirilgan boshqaruv va axborot yig‘ish (SCADA), shuningdek, avtomatik boshqaruv tizimi va elektr energiyasi iste’molini o‘lchash (ASKUE) tizimlarini joriy etish mazkur loyihalar qatoriga kiradi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni SCADA loyihalarini amalga oshirishda Koreya Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) mablag‘laridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

    Muhokamalar chog‘ida tomonlar 2019 yilning oxirigacha loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ochish bilan bog‘liq jarayonlarni tezlashtirish va mablag‘lardan foydalanishda shaffoflik ta’minlanishi uchun birgalikda ishchi guruh tuzish borasida kelishib oldi.

    Shuningdek, Koreya Respublikasi energetika agentligi (KEA) prezidenti Kim Chan-Syob boshchiligidagi delegatsiya bilan energetika tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish, issiqlik elektr stansiyalarining samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

    Unda Janubiy Koreya tomoni yangi quvvatlarni barpo etishdan ko‘ra, issiqlik elektr stansiyalaridagi eskirgan uskunalarni almashtirish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi. Delegatsiya O‘zbekistondagi mavjud elektr stansiyalar faoliyati bilan tanishishga qiziqish bildirdi.

    Vazirlikda “KoreaTelecom” (KT) kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti Yun-Yon Pak boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lgan uchrashuvda ham o‘zaro hamkorlik masalalari muhokamasiga e’tibor qaratildi.

    Uchrashuvda Janubiy Koreya tomoni ASKUE tizimini joriy etish muvaffaqiyatli loyiha ekanini ta’kidlab, SCADA loyihalari, shuningdek, energiya boshqaruvi tizimi (EMS) loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Kompaniya zamonaviy energiya tejash texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, mavjud infratuzilmalarni modernizatsiyalash hamda soha uchun kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq va boshqa loyihalar bo‘yicha ham hamkorlik qilishga tayyor ekanini qayd etdi.

    O‘tkazilgan uchrashuvlarda Janubiy Koreyaning “Posco International”, “Kepco” va “Hyundai” kompaniyalari yirik loyihalarni ishlab chiqishda konsorsium tuzish orqali hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqqan holda, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes-forumida energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha konsorsium tuzish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

    Tomonlar PGU qo‘shma siklini qurish uchun loyihalarni ishlab chiqish, amaldagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va ma’lumotlarni to‘plash (SCADA), energiya boshqaruv tizimlari (EMS) va tegishli axborot tizimlarini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

    “Posco International” kompaniyasi tabiiy gaz konlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun yangi blok taqdim etishni so‘rab qo‘shimcha iltimos bilan chiqdi. Janubiy Koreya tomoni O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini tashkil etishda yordam berishga tayyorligini ham bildirdi.

    20.04.2019, 12:30   Izoh (0)   11381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq ta’limi vaziri: Maktablar hamma uchun tekin yordamchi bo‘lib qolgan edi

    20.04.2019, 11:50

    Sherzod Shermatov: Farzandining kelajagini o‘ylaydigan ota-ona uning ta’limi uchun mablag‘ni ayashi kerak emas

    20.04.2019, 11:07

    O‘zbekistonda yangi endokrinologiya muassasalari quriladi, mavjudlari ta’mirlanadi

    20.04.2019, 10:45

    Samarqanddagi “Ulfatlar” restorani mutasaddilari qurtlagan go‘sht pishirilayotgani haqidagi ovozalarni qasddan uyushtirilgan deb hisoblamoqda

    20.04.2019, 09:55

    O‘zbekistonda aviatsiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tiklanadi

    19.04.2019, 23:19

    Qarshi aeroportida Moskvaga uchayotgan yo‘lovchi qadimiy tangalarni olib o‘tishga urindi

    19.04.2019, 22:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.