20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi jang yakunlandi.
Ayollar o‘rtasida 54 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shi bilan jang qilib, ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik raqibi ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov ilk jangida shimoliy koreyalik Man Cho Cholni ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)