20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi jang bo‘lib o‘tdi.
Unda -75 kg vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov vyetnamlik Trung Vuga qarshi ringga ko‘tarildi. Amaldagi Osiyo chempioni hisoblangan Isroil raqibini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval -64 kg vazn toifasi vakili bo‘lgan Shunqor Abdurasulov musobaqadagi ikkinchi jangini pokistonlik Amir Ma’sudga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)