Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va prezidentlik saylovi birinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan qiziqchi Vladimir Zelenskiyning stadionda rejalashtirilgan bahslari uchun barcha chiptalar sotib bo‘lindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Siyosatchilar debati saytida barcha chiptalarning sotilganligi haqida ma’lumot berilgan.
Zelenskiy va Poroshenkoning bahs-munozaralari 19-aprel kuni soat 19:00 da Kiyevdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Stadionda 70 mingdan ziyod odam uchun joy mavjud.
Izoh (0)