UEFA tashkiloti Yevropa Ligasi chorak finali uchrashuvlari natijasiga ko‘ra eng yaxshi o‘yinchi nomiga da’vogarlik qilayotgan 4 nafar futbolchini ma’lum qildi.
Ushbu nomga “Chelsi” yarim himoyachisi Pedro Rodriges, “Ayntarxt” xavbeki Filip Kostich, “Slaviya Praga” yarim himoyachisi Pyotr Shevchik, “Valensiya” himoyachisi Toni Lato da’zogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” yarim himoyachisi Pedro Rodriges mazkur musobaqa 1/4 finalining javob o‘yinida “Slaviya” darvozasiga 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi (4:3).
“Ayntarxt” xavbeki Filip Kostich “Benfika”ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini urdi (2:0).
“Slaviya Praga” yarim himoyachisi Pyotr Shevchik “Chelsi” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda dublga erishdi va 1 ta golga assistentlik qildi (3:4).
“Valensiya” himoyachisi Toni Lato “Valensiya”ga qarshi kechgan bellashuvda g‘alaba golini urdi.
- Pedro (“Chelsi”) — “Slaviya”ga qarshi bahsda ikkita gol va ikkita golli uzatma
- Filip Kostich (“Ayntraxt F”) — “Benfika”ga qarshi o‘yinda g‘alaba goli
- Petr Shevchik (“Slaviya”) — “Chelsi” qarshi bellashuvda ikkita gol hamda bitta golli uzatma
- Toni Lato (“Valensiya”) — “Vilyarreal”ga qarshi bahsda g‘alaba goli
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)