Samarqand shahriga Xitoy xalqaro do‘stlik jamiyati raisi Li Syaolin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari keldi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Tashrif davomida mehmonlar viloyat hokimining ijtimoiy rivojlantirish masaalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nurullayev bilan uchrashdi.
Muzokaralarda kelgusida Xitoyning yana 6 ta shahri birodar shaharlar safiga qo‘shilishi bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi. Shu paytgacha Sian shahri Samarqandning birodar shahri hisoblanardi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Samarqand delegatsiyasini shu yil may oyida Xitoyda jamiyat tomonidan tashkil etiladigan Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligiga bag‘ishlangan taqdimot forumida ishtirok etishga taklif etdi.
Izoh (0)