6-aprel kuni soat taxminan 00:20 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy va Sirojiddinov ko‘chalarining kesishmasida Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotgan 24 yoshli Ma’murjon ismli yigit 77 yoshli Obidjon ismli nuroniyni urib yuborgan.Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
YTH natijasida og‘ir tan jarohat olgan piyoda kasalxonaga keltirilgan. YTHga avtomobil haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan shaxsga yo‘l bermagani sabab bo‘lgan.