• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Qanday ozish kerak?

    Semizlik bir paytlar husn sanalgan bo‘lsa, hozirga kelib uning yurak qon-tomir, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari va qandli diabetga sabab bo‘lishi isbotlanib bo‘lindi. Hamyurtlarimiz ichida esa ozib, sog‘lom bo‘lishga, ko‘rkam bo‘lishga bo‘lgan intilish kundan-kunga ortib borayotganligi biz shifokorlarni quvontiradigan holat. Lekin hamma ham ozishni nimadan boshlash kerakligi, qanday davom ettirish kerakligi haqida yetarli tushunchaga ega emas. Shu sababli ular rioya qiladigan parhez ko‘p hollarda besamar yoki noto‘g‘riligi sababli o‘zidan achinarli asoratlarni qoldiradi. “Daryo” kolumnisti Sarvar G‘aniyev shu masala bo‘yicha bir nechta tavsiyalarini berib o‘tadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tayyorgarlik

    Eng avvalo, sizda semizlik bormi yoki yo‘qmi, buni aniqlab olish darkor. Tibbiyotda va statistikada “tana vazni indeksi” degan tushuncha mavjud. Shu indeksga ko‘ra semizlik darajasi aniqlanadi. Uning formulasi quyidagicha: TVI = tana vazni (kg) / bo‘y  uzunligi (m2). Misol uchun, tana vazni 100 kg, bo‘y uzunligi esa 1,7 metr deb olaylik. Shunda: 100 kg ÷ 1,7 m2 =34,6 natijani olamiz. Endi olingan indeksni tahlil qilamiz.

    Foto: “Mymedic.uz”

    Foto: “Mymedic.uz”
    Tana massasi indeksiKishi vazni va uzunligi o‘rtasidagi nisbat
    16 va undan kamTana vazningning sezilarli tanqisligi
    16—18,5Tana vaznining yetishmasligi
    18,5—24,99Me’yor
    25—30Tana vaznining ortiqchaligi
    30—35Birinchi darajali semizlik
    35—40Ikkinchi darajali semizlik
    40 va undan yuqoriUchinchi darajali semizlik
    Yuqorida keltirilgan jadvaldagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan ma’lumotlarga tayanib, 34,6 tana vazni indeksi birinchi darajali semizlikdan darak bermoqda. Demak, bu inson ozishi kerak, tana vazni indeksi me’yordan past bo‘lganlar esa semirishi zarur. Bemalol foydalanish mumkin bo‘lgan hozirgi kunda bu ko‘rsatkichni hisoblab beradigan onlayn-kalkulyatorlar ham yaratilgan. Buni aniqlab olganimizdan so‘ng keyingi bosqichga o‘tamiz.

    Ozish uchun klassik dastur quyidagi keltiriladigan ma’lumotlarga asoslanadi. Organizmni shlaklardan tozalash, detoks, ikki hafta ichida ozish kabilarga emas.

    Shoshilinch kerak emas. Kunlar, haftalar emas, oylar, eng yaxshi tanlov kvartallar, yarim yil ichida ozish haqida maqsad qo‘ying. Yillar davomida semirib, endi bu vazndan sog‘liqqa zarar keltirmasdan bir necha kun davomida qutilishga urinish xato.

    Kerakli analizlarni topshirish va mashg‘ulotlardan avval to‘liq shifokor ko‘rigi, analizlardan tashqari elektrokardiogramma (EKG) va shifokor ruxsatini olish darkor.

    Kerakli analizlar ro‘yhati:

    Qonning biokimyoviy tahlili:
    • AST, ALT, bilirubin — jigar holatini aniqlash uchun;
    • Protrombin indeksi, xolesterin va lipidlar spektri tekshiruvi ’ qon-tomirlarida tromblar xavfidan o‘zimizni himoya qilish uchun.
    Parhez boshlashdan avval va diyeta davomida gormonlar tekshiruvi uchun qon analizi topshirish maqsadga muvofiq:
    • Umumiy testosteron. Parhez boshlangandan so‘ng boshlang‘ich ko‘rsatkichdan (parhezgacha) ortib ketmasligi kerak;
    • Parhez boshlangandan so‘ng boshlang‘ich ko‘rsatkichdan (parhezgacha) ortib ketmasligi kerak;
    • Parhez boshlangandan so‘ng boshlang‘ich ko‘rsatkichdan (parhezgacha) ortib ketmasligi kerak;
    • Erkin T4, erkin T3, ular orasidagi munosabatni endokrinolog tahlil qilib beradi;
    • Yog‘ni eritish  uchun optimal daraja — referens ko‘rsatkichning pastki yarmi hisoblanadi;
    • Progesteron — uning miqdori qanchalik kam bo‘lsa, yog‘ erituvchi mashg‘ulotlar uchun shunchalik yomon. Progesteronning qonda kamayishi organizmda metabolizm sust kechayotganidan darak beradi;
    • Prolaktin miqdori ko‘paygani sari yog‘ning erishi qiyinlashib boradi.
    Ayollar uchun topshiriladigan analizlar ro‘yhati:
    • Lyuteinlovchi gormon (LG), nahorga, och qoringa menstrual qon ketish boshlangandan 2-5 kun o‘tib topshiriladi. Qon topshirgancha bo‘lgan uch kun davomida sport mashg‘ulotlari to‘xtatib turiladi;
    • Follikula stimullovchi gormon (FSG), menstrual qon ketish boshlangandan 2-5 kun o‘tib topshiriladi ya‘ni 28 kunlik siklning birinchi fazasida;
    • Testosteron, menstrual qon ketish boshlangandan 2-5 kun o‘tib topshiriladi, ya‘ni 28 kunlik siklning birinchi fazasida;
    • Erkin testosteron, nahorga, och qoringa topshiriladi;
    • Estradiol, menstrual qon ketish boshlangandan 2-5 kun o‘tib topshiriladi, ya‘ni 28 kunlik siklning birinchi fazasida;
    • Prolaktin, tekshiruv kunidan bir kun avval jinsiy aloqa va issiq harorat ta’siri (sauna, qaynoq vanna) to‘xtatiladi. Prolaktin miqdoriga stressli holatlar katta ta’sir ko‘rsatganligi tufayli jismoniy zo‘riqish, emotsional qo‘zg‘alishlar, spirtli ichimliklar iste’moli to‘xtatib turilgani ma’qul. Uyg‘ongandan so‘ng 3 soat ichida prolaktinga qon topshirish kerak. Protseduradan avval qabulxonada 10-15 daqiqa davomida tinchlanib oling.

    Ushbu rasmda gormonlarning organizmdagi metabolizm jarayonlariga qanday ta’sir qilishini ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun ham ozishga bo‘lgan birinchi ishimiz ular miqdorini aniqlashtirish bo‘lishi shart. Foto: Google Photos

    Ushbu rasmda gormonlarning organizmdagi metabolizm jarayonlariga qanday ta’sir qilishini ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun ham ozishga bo‘lgan birinchi ishimiz ular miqdorini aniqlashtirish bo‘lishi shart. Foto: Google Photos

    Agar gormonal fon parhez va ozish uchun talabga javob bermasa avvaliga “reabilitatsiya” o‘tkazilishi shart. Bu masalada endokrinolog va diyetolog maslahatini olish zarur.

    Ovqatlanish tartibi va uni tashkil qilishning asoslari

    1. Mahsulotlarning kaloriyasini ikir-chikirigacha hisoblab chiqish. Oshxona uchun elektron tarozi sotib oling va ovqat mahsulotlarini tortib ko‘rib ular tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlar va kaloriyani hisoblab chiqing. Buni hisoblash uchun kerakli parametrlar: 1 gramm oqsil = 4 kkal, 1 gramm uglevod = 4 kkal, 1 gramm yog‘ = 9 kkal. Oziq-ovqatlarning tarkibini ishonchli ma’lumotlar bazalari, misol uchun, AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi ma‘lumotlar bazasi yoki rus tilidagi manbalardan puxtalik bilan o‘rganib chiqing.
    2. Yodingizda tuting — ovqatlar parhezingizning asosiy qismi hisoblanadi va qachonki sizning kunlik, haftalik, oylik energiya sarfingiz ovqat orqali kirayotgan enegriyadan yuqori bo‘lsagina ozishingiz mumkin. Jismoniy zo‘riqishlar esa u qanday ko‘rinishda bo‘lmasin energiya sarflashning bir qismini tashkil qiladi xolos. Faqat yog‘ni erituvchi mashg‘ulotlar yo‘q. Buni sedan chiqaring;
    3. Parhezni boshlashdan avval hozirgi tana vazningiz uchun, aynan hozirgi tana vazningiz uchun kerakli kunlik energiyani hisoblang. Nima uchun hozirgi vazn? Hammasi juda oddiy: energiya va zarur nutriyentlar aynan hozirgi tanangizga kerak. Siz orzu qiladigan tanaga emas. Bu masalani hal qilib oldik, endi esa sizning vazningiz uchun kunlik kaloriya miqdorini aniqlab olishimiz zarur. Buning uchun juda qulay onlayn kalkulyatorlar yaratilgan. Bundan keyin kunlik ushlab turuvchi kaloriyani aniqlaymiz. Bu degani energiya sarfi yuqori bo‘lganda siz o‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun kerakli kunlik energiya miqdori, uni aniqlash uchun parhez avvalida energiya taqchilligini 31-35 kkal/kg dan boshlagan ma’qul. O‘rta hisobda bu 500-600 kkalga to‘g‘ri keladi. Sport mashg‘ulotlarida sarflanadigan energiya hisoblab chiqish mumkin. Bu uchun internetda yetarlicha resurslar mavjud. Ozgina erinmasangiz, kunlik energiya defitsitini aniqlash orqali ortiqcha vazndan qutilishga real qadamni qo‘ygan bo‘lasiz. Energiya defitsitini har hafta, har oyda tekshirib, ozgan tana vazningizga moslab borishingiz zarur. Yodda tuting — energiya defitsitining yarmini mashg‘ulotlar yordamida, yarmi ovqatlanish orqali hosil qilinadi;
    4. Yetarli miqdordagi oqsillarni iste‘mol qilish. Kaloriya defitsiti qanchalik baland bo‘lsa, oqsilga bo‘lgan talab shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun kunlik ovqat ratsionidagi oqsillarni 1.5 -3.3 gramm/kg hisobida olishingiz shart. Qabul qilinayotgan oqsillarning taxminan 80 foizi hayvon oqsillari bo‘lgani ma’qul;
    5. Ovqatdan olinadigan kaloriyaning 20 foizlik bo‘lagi yog‘larga tegishli bo‘lishi kerak. Uning kunlik miqdori tana massasiga qarab 0.8-.11gramm/kg ga to‘g‘ri keladi;
    6. Maksimal tarzda turli xil mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat qiling. Sabzavotlar, mevalar va xar xil manbalardan olingan yog‘lar. Bundan tashqari soat 18:00 dan keyin ovqat, meva yemaslik, uglevodlar qabul qilmaslik kerak degan afsonaga ishonmang. Bu fanda o‘z tasdig‘ini vaqti-vaqti bilan och qolishning ham ozish uchun effektivligi isbotlanmagan. Umuman isbotlanmagan;
    7. Ovqat ratsioniga har kun uchun baliq yog‘ini qo‘shing;
    8. Uglevodlar kamdan kam hollarda yog‘ga aylanadi va bu holatda saqlanadi. Siz qanchalik ko‘p uglevod iste’mol qilsangiz organizm shuncha ko‘p uglevodni yoqadi va shunchalik kam miqdorda yog‘ni eritadi. Uglevodlarni kam iste’mol qiling, kam uglevod ishlatasiz, ko‘p miqdorda yog‘ni eritasiz. Oqsil esa umuman uglevodga aylantirilmaydi, chunki bu organizm uchun ko‘p energiya va vaqt sarflaydigan jarayon. Ko‘p oqsil yesangiz shuncha ko‘p oqsil sarflaysiz va shu darajada kam uglevod, yog‘lar foydalanilmay qoladi.
    Parhez uchun tahminiy algoritm
    1. Oqsil, uglevod, yog‘larni to‘g‘ri taqsimlash;
    2. Ko‘p suyuqlik ichish. Misol uchun ovqatgacha yarim litr sovuq suv, ovqatdan so‘ng yarim litr ko‘k choy;
    3. Ko‘p miqdorda salatlar;
    4. Ovqatlanish menyusiga mevalarni qo‘shish;
    5. Katta bo‘lmagan porsiyada shirinliklar.
    Kunlik qabul qilinayotgan uglevodlar miqdori 100 grammdan kam bo‘lmasligi kerak. Shundan 75 gramm uglevodni miya o‘zi uchun sarflaydi.

    Mashg‘ulotlar

    Juda semiz insonlar  jismoniy zo‘riqishga tayyor bo‘lmagan bo‘g‘im va boylamlar bilan yugurish, sakrash va shunga o‘xshash boshqa mashg‘ulotlarni birdaniga boshlab qo‘yib katta vazn tufayli bo‘g‘im va boylamlarni travma olishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun avvaliga oldingizga kichik maqsadlar qo‘ying.  Misol uchun, zinadan ko‘tarilish, 2 ming metrga piyoda yurishdan boshlash mumkin va albatta bularning hammasi to‘g‘ri taqsimlangan ovqat ratsioni va kaloriya defitsiti bilan birgalikda bajarilishi shart. Vazn tashlashni boshlashingiz bilan asta-sekinlik bilan zo‘r berib bajariladigan va kardio mashg‘ulotlariga o‘tishingiz mumkin. Maqolada siz bajarishiningiz zarur bo‘lgan mashqlar haqida ma‘lumot berish imkonsiz narsa. Bu amaliyotni talab qilgani uchun fitnes zallarini va bilimli, tajribaga ega bo‘lgan trener bilan ishlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. U siz uchun individual dastur yaratadi va oldingizga qo‘ygan maqsadingizga dadillik bilan yetishingizda katta yordam beradi. Bundan tashqari, suzishni ham mashg‘ulotlar ro‘yhatingizga qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ladi.

    Ozish uzoq muddatli va o‘ziga alohida e‘tiborni talab qiladigan jarayon. Bu yerda erinchoqlik ortiqcha. Tushunaman, boshida qiyin bo‘ladi. Oqsillar, uglevodlar, yog‘larni hisoblash, kunlik ratsionni tuzib chiqish. Lekin maqoladagi bu qism yon-atrofida diyetolog bo‘lmagan hamyurtlarimiz uchun berildi. Siz yashaydigan joyda diyetolog bo‘lsa, bemalol uning tavsiyalariga rioya qilishiningiz mumkin. Bunday imkoniyati yo‘qlar, sabr bilan bir marta o‘z dasturingizni tuzib olsangiz bo‘lgani, qolgani juda oson kechadi. Muntazam ravishda yuqorida berilgan tavsiyalarga rioya qilib borsangiz, mashg‘ulotlarni bajarsangiz ishonchim komilki bir necha oydan so‘ng tanangizda yengillikni his qila boshlaysiz. Unutmang — hayotingizga, sog‘lig‘ingizga, tanangiz va ruhiyatingiz tetikligiga faqat va faqat o‘zingiz javobgarsiz. Hech kim siz uchun bu ma‘suliyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi. Xohlagan taqdirida ham bu narsa imkonsiz.

    18.04.2019, 12:14   Izoh (0)   122115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.