So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Beruniy Alimov: Hech qaysi tashkilotning axborot xizmati faoliyatidan qoniqmayman

    18.04.2019, 20:18 11174

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzuida ikki kunlik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

    O‘quv-seminari treninglar jamoasi rahbari, imijiologiya sohasi bo‘yicha mutaxassis, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Beruniy Alimov O‘zA muxbirining axborot xizmatlari faoliyati yuzasidan berilgan savollariga javob berdi.

    O‘zA

    O‘zA

    “Bugungi o‘quv-seminarida tashkilot imijini yaxshilash, uni shakllantirishda nimalarga e’tibor berish lozimliliga bag‘ishlangan “Tashkilot imiji va uni boshqarish” degan mavzuda mashg‘ulot o‘tayapsiz? Xo‘sh, korporativ imij bilan ishlashda axborot xizmati xodimi nimalarga e’tibor berishi lozim?”

    “XVII asrda fransuz olimi B.Paskal imijni odamlarga ta’sir etish texnologiyasi, deb atagan. XXI asrda u har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Tashkilotning obro‘si qancha kuchli bo‘lsa, u shuncha odamlar ishonchini qozona oladi, ularga ko‘proq ta’sir o‘tkazadi, o‘z oldida turgan vazifalarni amalga oshira oladi”, — dedi B.Alimov.

    “— Axborot xizmati va jurnalist vazifalari o‘rtasida farq bor. Ammo bugungi kunda biror tashkilot axborot xizmati xodimi hamda OAVda jurnalist bo‘lib ishlaydigan hamkasblarimiz soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Tabiiyki u tashkiloti bilan bog‘liq, uning manfaatiga xizmat qiluvchi, faqat ijobiy xabarlarni OAVga tarqatishga urinadi, ammo bu xolislikka o‘z ta’sirini o‘tkazib qo‘ymaydimi?”

    “— Menimcha, biz qaysi joyda ishlashimizdan qat’iy nazar, oltin o‘rtalikni topishimiz lozim. Jurnalistlar bilan axborot xizmati xodimlari xuddi bitta daryoning ikki qirg‘og‘ida ketayotganga o‘xshaydi, lekin maqsad, boradigan joyimiz bir – O‘zbekistonda demokratik, huquqiy jamiyat qurish. Shu bois menimcha jurnalistlar va axborot xizmati xodimlari daryoning ikki qirg‘og‘ida yurmasdan o‘rtadagi qayiqda birgalikda suzishi va oltin o‘rtalikni topishi lozim. Eng asosiysi, axborot yetkazishda xolislik talabi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim”

    “— Bugun o‘quv-seminarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilayapti. Birinchi bosqichdan qanday natijalar olindi va navbatdagisidan nimalar kutilmoqda?”

    “— Bir hafta oldingi treningda ko‘proq davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etgandi. Bugungi treningda esa ko‘proq xo‘jalik boshqaruvi organlari ya’ni korporatsiyalar, milliy holdinglar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari qatnashmoqda. Auditoriya o‘zgargani bilan mazmunda katta o‘zgarishlar yo‘q. Asosiy maqsadimiz bugungi auditoriyani qiziqtira oladigan, zamonaviy o‘quvchi uchun ma’qul bo‘lgan axborotni tezkor yetkazish yo‘llarini birgalikda tahlil qilmoqchimiz”

    “— O‘tgan safargi treningda ishtirokchilardan anonim so‘rovnoma olindi va e’lon qilindi. Mutaxassis sifatida tizimda qanday kamchiliklarni sezdingiz?”

    “— Tan olib aytish kerak, hozir barcha tashkilotlarning saytlari ham bugungi kun talabiga mos emas? Buni monitoring natijalari ham isbotlaydi. Qarang, ba’zi davlat tashkilotlari veb-saytiga kuniga bor-yo‘g‘i 100 kishi kirarkan. Uning aksariyati shu tashkilot xodimlari. Unda sayt kerakmi yoki kerak emasmi, degan savol ham tug‘iladi. Sayt yaratildimi uni qiziqarli, muhim xabarlar bilan to‘ldirish kerak. Bu ishni chetdan jurnalist kelib qilib bermaydi, axborot xizmati xodimi qilishi kerak. Bundan tashqari, biz axborot xizmatlari xodimlarining ham muammolarini o‘rgandik. Ularga vazifasiga kirmaydigan ishlar ham yuklatilayotgan ekan. Ba’zi axborot xizmati xodimlari esa umuman axborot tayyorlash, u bilan ishlash sirlarini bilmasliklarini tan olmoqda. Shu bois qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni qaytadan o‘rganib chiqish lozim, balki qonunchiligimizga o‘zgartirish kiritish kerakdir, shtat birliklarini oshirish lozimdir. Xullas, tizimda qilingan ishlardan ko‘ra qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘proq”

    “— So‘nggi savol, mutaxassis sifatida ko‘pchilik axborot xizmatlari ishlarini kuzatib borasiz, ular orasida soha talablariga yuqori darajada javob beradigan va namunalilarini ayta olasizmi?”

    “— Bu juda nozik savol. Gapni ochig‘i, ular xafa bo‘lishmasinu, hech qaysi tashkilot axborot xizmatining hozirgi faoliyatidan umuman qoniqmayman. Kimnidir yomon yoki juda yaxshi deb aytishga hali vaqtimiz bor, faqat ishlashimiz lozim. Nafaqat o‘z tashkilotimiz, butun O‘zbekiston imijini o‘ylashimiz, yagona axborot siyosatida birgalikda harakat qilishimiz kerak”.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    11-holat: Baydenning iti yana bir maxfiy agentni tishlab oldi

    Bugun, 20:32

    Chery brendi MotorFestUz 2023 ga homiylik qildi!

    Bugun, 19:30
    Reklama

    Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi

    Bugun, 20:20

    Hindistonda aviayo‘lovchi samolyotdan sakrashga urindi (video)

    Bugun, 20:10

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi

    Bugun, 20:00

    Bryus Uillisning rafiqasi aktyorning ahvoli og‘irlashayotgani haqida so‘zlab berdi

    Bugun, 19:43

    Payme onlayn to‘lovlar xavfsizligini qanday ta’minlaydi?

    Bugun, 18:00
    Reklama

    Tojikistonda ham un narxi qimmatlashdi. Mahsulot tanqisligi kuzatiladimi?

    Bugun, 19:37

    O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

    Bugun, 19:21

    Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi

    Bugun, 19:10

    “Afsus, Vladimir” — Klinton NATOning kengayishida Putinni aybladi

    Bugun, 18:55

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    Bugun, 18:45

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Rossiya Yevropada yangi ittifoqdoshiga ega bo‘lishi mumkin — Bloomberg

    18:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?