Joriy yil yozida braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinyo “Barselona”ni tark etishi mumkin.
Xabar berilishicha, avvalroq Koutinyoni sotib olishga qiziqib qolgan “Manchester Yunayted” hozirga kelib braziliyalikning transferidan voz kechgan. Ma’lum bo‘lishicha, Koutinyo sobiq jamoasi “Liverpul”ning azaliy raqibi bo‘lgan “mankunianlar” safiga kelishni istamagan.
Koutinyoga PSJ ham ancha vaqtdan beri qiziqish bildirayotgandi. Hozirda klub futbolchining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda. Bundan tashqari “Chelsi” varianti ham mavjud. Agar londonliklar tarnsferlar taqiqidan qutula olsa, “aristokratlar” braziliyalikni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Eden Azarning o‘rniga jamoaga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Filippe Koutinyo 2018-yil qishki transferlar vaqtida “Barselona”ga “Liverpul”dan kelib qo‘shilgandi.
Ma’lumot uchun, Koutinyo joriy mavsum La Ligada 30 ta bahsda 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)