Fransiyaning Airbus aviasozlik kompaniyasi O‘zbekistonga 34 dona vertolyot yetkazib beradi, deb xabar qildi Sputnik.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot-xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu vertolyotlar kompaniya uchun emas, balki davlat darajasida xarid qilinmoqda.
Toshkentda tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan OAV vakillari bilan uchrashuvda vertolyotlar modellari xususida to‘xtalgan.
Lemuanning so‘zlariga ko‘ra, gap Écureuil (“Olmaxon”) haqida bormoqda. Bu vertolyot baland tog‘ tizmalari va issiq iqlim sharoitiga ega hududlarda ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan. Ushbu mashinadan, ishlab chiqaruvchilar ma’lumotiga keng ko‘lamdagi masalalarni hal etish uchun ishlatiladi: xususan, yong‘inni o‘chirish, elektro‘tkazgich liniyalarini monitoring qilish, yuklarni ko‘tarish, ekinlarni dorilash va geologorazvedka singari ishlarda.
Izoh (0)