Forbes Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingini e’lon qildi.
Alisher Usmonov ushbu reytingda TOP-10 talikka kirib, 9-o‘rinni egalladi. Uning boyligi 12,6 milliard dollarga baholangan.
Joriy yilda Leonid Mixelson reytingda birinchi o‘rinni egalladi. “Sibur” va NOVATEK’ning eng yirik aksiyadori boyligi 24 milliard dollarga baholanmoqda.
Reytingning ikkinchi pog‘onasida - NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin. Uning umumiy boyligi 21,3 milliard dollarga baholangan.
Reytingning uchinchi o‘rnini egallagan LUKOYL neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovning boyligi 20,7 milliard dollarga teng.
Izoh (0)