• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yuqori”ga sakkiz savol

    “Daryo” kolumnisti, jurnalist va bloger Yevgeniy Sklyarevskiy Toshkent shahrini obodonlashtirish, poytaxtni ko‘rkamlashtirish bo‘yicha turkum maqolalarini davom ettiradi.

    Keyingi 2–3 yil ichida voqealar shiddat bilan ro‘y bermoqda. Biriga ko‘nikib ulgurmasdan yangisiga ajablanmoqdamiz. Sergeli, Yunusobod, Qo‘yliqda metro, Tashkent City, yangi chorrahalar, garajlar buzilishi va chinorlar kesilishi ortidan noroziliklar, Toshkentni rivojlantirish va’da qilingan yangi bosh reja — zerikishga vaqt yo‘q. Hokimiyat endi berk tizim bo‘lmay qoldi: jamoatchilik kengashi ishlayapti, savollarga javob berilyapti, takliflar javobsiz qolmayapti. Lekin inson tabiati shundayki, unga qilinayotgan ishlarning barchasi kamdek, savollarning esa cheki ko‘rinmaydi. “Daryo” O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qiladigan nashr ekanligini bilgan holda, ko‘pchilik qiziqish bildirayotgan savollarni bermoqchimiz. Javob olish umidida boshlaymiz.

    1. Nima uchundir Kaufman nomini olgan, ko‘p aziyat chekkan yetimxona binosini, va’daga vafo deganlariday, Brodveyga ko‘chirishdi. Endi nima bo‘ladi? Binoning tarixiy ahamiyati va gavjum markazda joylashganini hisobga olib, unda qandaydir yopiq idoraning emas, balki hamma kira oladigan va hamma uchun qiziq bino joylashishini xohlar edik. Rassom-portretchilar, karikaturachilar, eskicha va norasmiy rassomlar ishlaydigan galereya, vernisajlar bo‘lishini, erkin qo‘shiqchilar kuylashini, skripkachi va doira ustalari musiqa chalishini, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar bo‘lishini, mahorat darslari o‘tkazilishini, faqatgina zerikarli suvenirlar ko‘rgazmasi joyi bo‘lishini emas, aksincha, “jo‘shqin harakat” markazi bo‘lishini xohlardik. Betoqatlik bilan kutyapmiz (aytganday, buzilgan yetimxona o‘rniga hali hech narsa qurilmadi… Lekin u endi markazda va bundan barcha xabardor. Ustiga-ustak, Buyuk knyaz saroyida muzey tiklashmoqchi. Ammo qachon? Eksponatlarning bir qismini yetimxona binosiga joylashtirish mumkin);
    2. Sobiq Komsomol ko‘li, Milliy bog‘, sevimli sayilgoh — allaqachon shaharliklar uchun yopiq. Ehtimol, hokim tayinlangach, e’tiborlar o‘zgargandir. Bizga delfinariyli bog‘ kerak emas, bizga ko‘l atrofidagi sayilgoh kerak. Ulkan loyihalar to‘xtatilishini kutib o‘tirmay, sayr qiladigan bog‘ ochilsa yaxshiroq bo‘lar edi. Kutyapmiz;
    3. Bog‘ ro‘parasidagi Bo‘rijar sohilidagi ishlar ham to‘xtatilgan. Hamma narsa buzib tashlangan, hatto sohil bo‘yidagi yo‘laklar ham tashlab qo‘yilgan. Sayr qilish uchun skameykalari, haykallari o‘rnatilgan sohil bo‘yini orzu qilyapmiz. Sohil bo‘ylab do‘konchalar, qahvaxonalar qurish uchun biznes sohasini jalb qilish mumkin. Bu hudud uchun shaharda reja va uni bajarish muddatlari bormi?
    4. Prezident MVES binosini (sobiq Real bilim yurti, sobiq kimyo fakulteti) Madaniyat vazirligiga berish, birja binosini (sobiq Sverdlov konsert zali) konsert va spektakllar uchun berish haqida buyruq berdi. Buyruqning birinchi qismi bajarilib, Madaniyat vazirligi chiroyli tarixiy binoga ko‘chib o‘tdi, lekin birja binosining berilishi cho‘zilib ketdi. Toshkentliklar tomonidan xursandchilik bilan kutib olingan qarorning bajarilishini kutmoqdamiz. Bu bino butun dunyodan kelgan mashhur ijrochilarni qabul qilgan. Shu jumladan, bu yerda musiqiy, ma’rifiy, klassik konsertlar o‘tkazilgan. Hozirda bu yo‘q bo‘lib ketdi;
    5. Favvoralar masalasi bir hisobdan yaxshi, bir hisobdan yomon. Kuylovchi, rang bilan jilvalanuvchi ko‘plab favvoralar paydo bo‘ldi. Bularning barchasidan xabarimiz bor. Next’da, Navoiy opera va balet teatri oldida, Milliy kutubxona va Sayohat mehmonxonasi oldida shunday favvoralar bor. Prezident ma’muriyati binosi oldidagi favvora ham. Bular yaxshi. Yomonlari: Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari kesishuvidagi favvoralar o‘tgan yili ishlamadi. 2017-yilda bir necha marta ishlagan paytda butun chilonzorliklar favvora atrofida sayrga chiqib to‘plangan edi. “1000 melochey” do‘konining chap tarafidagi favvora. O‘tgan yili bir necha kun mobaynida ishlagan favvora sayrga chiqqan chilonzorliklarni maftun qilgan edi. Chilonzor birinchi kvartalidagi favvora bir necha yilki o‘rab olingan. Biz bu joyga haq to‘lab kirishga rozimiz, faqat uni ishlatib qo‘ying. Gagarin ko‘chasini qayta qurishda favvoralar qurildi, lekin ular biror marta ham ishlamadi. Tuman hokimiyati qoshida favvoralar ishlashi uchun mas’ullar tayinlasa, nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi;
    6. Garajlar — eski mavzu. Ularni buzishdi, chiqitlarini olib ketishdi. Uylarning o‘rtasida beton pollarning qoldiqlari bo‘lgan katta bo‘sh maydonlar qoldi. Ba’zi joylarni to‘xtash joyi qilishdi, qolganlari esa bo‘sh yotibdi. Ularni kim obodonlashtirishi kerak? Nazarimda, mahalliy aholi bu joylarni obodonlashtirish ishlarida qatnashib pul yig‘ishga ham rozi. Lekin bu ishlarni kim tashkil qilib, barchani uyushtiradi? Yoki o‘zimizmi?
    7. Mavsumning modaga aylangan so’zi — devorsizlashtirish. Qancha devorlar buzildi — bu quvonarli hol. Ayniqsa prezident yuradigan trassa bo‘ylab qilingan ishlar tahsinga loyiq. Navoiy va Beruniy shohko‘chalarini ajratish yo‘lagidagi devorni olib tashlangani ko‘zimiz oldida kenglik paydo qildi. Oliy Majlis atrofi va Markaziy telegraf oldidagi devorlarni dilni xira qiluvchi eng katta ikki devor desa bo‘ladi. Markaziy telegraf binosi ayniqsa aprel oyidagi ta’mirdan so‘ng azim Toshkentning eng go‘zal binosiga aylandi. Uning oldida esa eng dahshatli devor bo‘y cho‘zib turibdi. Agar u binoda o‘ta muhim yoki maxfiy narsalar bo‘lsa, shaharni xunuklashtirmasdan, uni Qibray yoki Kelesga ko‘chirgan afzalroq. Devor ortidagi Oliy Majlis — nonsens va hazil-mutoyibalar nishoni. Xorijda parlament binolari ekskursiyalar uchun ochiq va devor bilan ihotalanmagan. Yetmaganidek, bog‘ hududidan kattagina maydon tortib olingan. Agar Oliy Majlis devorsiz ishlay olmasa, uni ham Qibrayga ko‘chirmoq kerak. Hokim huzurida “devorsizlashtirish” bo‘yicha jamoatchilik qo‘mitasining faoliyat yuritayotgani umid berib turibdi. Kutyapmiz…
    8. Sergeli metro liniyasi bu yil ishga tushirilishi va’da qilingan va bunga sakkiz oycha vaqt qoldi. Qurilish ishlarini ko‘rganlarning aytishicha, barcha ishchilar Qo‘yliq yo‘nalishiga tashlangani uchun ishlar to‘xtab qolgan. Noumid shayton bo‘lib ko‘rinishni istamas edik, lekin biz metro liniyasi bu yil ishga tushishiga aqlimiz ishonmayapti. Bu ishonchsizligimiz ulkan xato bo‘lib chiqishini juda-juda istar edik. Qolgan ish hajmini ko‘rish dilga zavq bag‘ishlagan bo‘lardi.
    Savollar tanqid maqsadida emas, ular hokimiyatga aholi bilan to‘g‘ri muzokaralar olib borishiga yordam berar degan umid bilan berildi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    Shahar muhiti haqida o‘ylar

    16.04.2019, 09:03   Izoh (0)   138096
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45

    Polshada sobiq maxsus xizmat xodimlari siyosatchilarning telefonlarini tinglashda ayblanib qamoqqa olindi

    Dunyo | 4 iyun, 22:25

    Xovos tumani sobiq hokimi Uchqun Kamolov ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:05

    Instagram: Hamdam Sobirov 230 ming dollarlik avtomobil xarid qildi, Munisa Rizayeva o‘g‘lining ismini qachon aytadi? Mo‘min Ibrohimovning reklamasi qancha?

    Shou-biznes | 4 iyun, 21:55

    Hindistonda 50 ming nodir kitobdan iborat qadimiy yer osti kutubxonasi topildi

    Dunyo | 4 iyun, 21:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.