Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlari qisman o‘zgartiriladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati ma’lum qildi.
Zangiota tumanida joylashgan O‘zgarish qishlog‘i Sergeli tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
O‘tkaziladigan qishloqda 4 ta MFY (“Pastdarxon”, “Yuqoridarxon”, “Chorbog‘”, “Bog‘zor”) mavjud bo‘lib, hududi 428 gektarni tashkil etadi.
Aholi soni 11935 nafar, xonadonlar soni 2242 ta.
Izoh (0)