Rossiya Markaziy Afrika Respublikasiga 30 ta tinchlikparvar kuchlarni yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Prezident Vladimir Putin Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga bu haqda BMT kotibiyatiga xabar berishni buyurgan. Afrika davlatida shimoldagi musulmonlar va janubdagi nasroniylar o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik deyarli 6 yil to‘xtamayapti.
BMT tinchlikparvar missiyasining soni 12,5 mingdan ortiq askar va politsiyachidan tarkib topgan. Bundan tashqari, Afrikada Yevgeniy Prigojinning kompaniyalari bilan bog‘liq bo‘lgan rossiyalik yollanma kishilar ham bo‘lishi mumkinligi xabar berilgan.
Izoh (0)