Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida joriy yil 13-aprel kuni haydovchi yo‘lovchini tunadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google Images

Samarqand shahrida yashovchi B.I. Toyota avtomobilini Bog‘yop mahallasi hududida to‘xtagan vaqtida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Toshkent shahrida yashovchi A.A. mashinadan tushgan. Haydovchi uning yo‘qligidan foydalanib, sumkasidan 3 010 AQSh dollari va 350 Xitoy yuanini o‘g‘irlab olgan.

Haydovchi qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.