Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Notr-Dam-de-Pari sobori yonidagi devorlar yonida nutq so‘zlagan vaqtda uning ovozi titradi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Makron yong‘inni dahshatli drama, o‘t o‘chiruvchilarni esa — dovyuraklar deb atadi.
“Eng yomoni ortda qoldi. Yaqin soatlar murakkab bo‘ladi, ammo eng asosiysi — binoning oldi va devorlari qoldi”, — deydi Fransiya rahbari, Notr-Dam barcha fransuzlar va hatto hech qachon Parijda bo‘lmaganlarning ham sobori ekanini eslatib.
“Notr-Dame-de-Pari — bu Fransiyaning barcha epidemiya va urushlarni boshdan kechirgan tarixiy ramzi sanaladi va men uni qayta tiklash uchun umummilliy mablag‘ yig‘ishni e’lon qilaman, butun dunyodan eng iste’dodlilarni chaqirishga va’da beraman. Biz Notr-Damni qayta quramiz”, — deya nutqini yakunlagan Makron.
Izoh (0)