GM Uzbekistan Rossiyadagi Derways zavodi bilan uning quvvatlaridan foydalangan holda Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Foto: GM Uzbekistan

“Rossiya zavodida avtomobillar yig‘ish masalasi hamkorlikning ma’qullanishi jarayonida. Uzil-kesil qaror qabul qilingan taqdirda bu haqda rasman ma’lum qilinadi”, — deya ta’kidlagan kompaniya vakillari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya OAVlari 2018-yil may oyida ushbu davlatga eksportni to‘xtatgan GM Uzbekistan Derways zavodida avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, Cherkess shahrida joylashgan Derways kompaniyasiga 2004-yilda asos solingan bo‘lib, asosan Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.