Fransiyalik tadbirkor Fransua-Anri Pino yongan Notr-Dam soborini tiklashga 100 million yevro (113 million dollar) xayriya qilishni va’da qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
Bu haqda Gucci va Yves Saint Laurent moda uylari qarashli bo‘lgan Kering group rahbari tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
Pul Notr-Damni tiklash tadbirlariga sarflanishi rejalashtirilgan. Ushbu summa Pino oilasiga tegishli bo‘lgan Artemis investitsiya kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.
Izoh (0)