Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Gevin Uilyamson 5 ta Apache vertoloyotini Estoniyaga joylashtirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uilyamsonning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotlarning uch oy muddatga Estoniya hududiga joylashtirilishi o‘ta muhim hisoblanadi.
“Bizning kuzatishimizcha, Rossiyaning tahdid solish ehtimoli juda katta. Bu 5 ta Apache hujumchi vertolyotlarini tarqatishimizning sabablaridan biri hisoblanadi”, — deydi Uilyamson.
U, shuningdek, Britaniya har doim o‘zgarishlarga tayyorligini aytib o‘tgan.
Izoh (0)