Eng boy yaponiyaliklar yangi ro‘yxatida birinchi o‘rinni Tadashi Yanai egalladi, deya xabar beradi “RBK”.
Uning oilaviy boyligi 24,9 milliard dollarga baholangan. Uniqlo asoschisi so‘nggi 12 oy ichida boyligiga 5,6 milliard dollar qo‘shib, Forbes jurnali reytingiga 2016-yildan beri ilk bor boshchilik qilgan.
Ikkinchi o‘rinni Softbank rahbari Masayosi Son (24 milliard dollar) egallagan. Moliyachining boyligi o‘sishiga BAA va Saudiya Arabistoni investitsiyalari, shuningdek, Apple va Oracle investitsiya fondlari bilan tuzilgan bitimlar yordam bergan.
Forbes reytingida uchinchi o‘rinda Keyence kompaniyasi egasi Takemitsu Takidzaki (18,6 milliard dollar) qayd etilgan.
Forbes’ning qayd etishicha, o‘tgan yil davomida Yaponiya ro‘yxatidagi 50 nafar ishtirokchining 31 nafari boyliklarini yo‘qotgan. O‘tgan yili Yaponiya milliarderlarining jami kapitali 186 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 178 milliard dollargacha kamaygan.
Izoh (0)