• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahar muhiti haqida o‘ylar

    “Daryo” kolumnisti, taniqli jurnalist va bloger Yevgeniy Sklyarevskiy Toshkent shahrini obodonlashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hokimiyat huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan e’lon qilingan ishchi rejaga negadir shahar hududi yuz tutadigan o‘zgarishlar haqida lom-mim deyilmagan. Va albatta, tanlangan mazkur joyga ko‘chada ijod qiluvchi san’at namoyondalarini birlashtiruvchi madaniy makon maqomini berish loyihasi biz kutgan narsaning aynan o‘zginasi ekan deyish ham mushkul. Yodingizga solay, o‘tgan yil, ta’bir joiz bo‘lsa, “Ko‘rsatkich belgisi ostida” o‘tib ketdi. Moskvaning “KB Strelka” kompaniyasi vakillari Amir Temur maydonining bir qismini rekonstruksiya qildi hamda shahar qiyofasini o‘zgartirish mavzusida bir necha ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazib, o‘z faoliyatlariga nisbatan ko‘p sonli olqish va haqorat munosabatlariga ega bo‘ldi.

    Lekin eng asosiysi shuki, “Strelka” bizning mudragan va zerikarli shahrimizni “turtkilab” uyg‘otdi va jamoat joylarining qiyofasi borasida fantaziya qilib ko‘rishga ishtiyoq uyg‘otdi. Odamlar avvaliga bunday taklifdan xangu-mang bo‘lib qoldi (chunki, odatdagidek, hech kimdan so‘rab o‘tirilmagan edi), keyinroq esa, dohiyona g‘oyalar sharsharasi o‘laroq, hammasi yopirilib keldi. Va garchi mazkur g‘oyalarning aksariyati qog‘ozda (yoki, hozirda urf bo‘lganidek, “elektron shaklda”) qolib ketgan bo‘lsa-da, baribir xorijning ilg‘or namunalari va o‘z yaqinlarining g‘oyalari bilan tanishish, ularni tanqid qilish, rivojlantirish, to‘ldirish hamda mukammallikka olib borish ajoyib imkoniyat edi. Turli ijtimoiy makonlarda anchayin yaxshi mazmunga ega takliflar yangradi va muhokamaga tashlanib, mantiqiy izchillikka keltirildi. Va ularni shunchaki arxivlarda qoldirib ketish hayf bo‘lgan bo‘lur edi. Yodingizga solib o‘tay, gap bulvarlar, maydonlar, keng yo‘laklar, xiyobon va bog‘lar haqida bormoqda. Asosiy g‘oyalar quyidagilardir:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    1. Katta va ko‘p ochiq maydonlar bo‘lishi kerak, chunki odamlar (atrofni tomosha qilish asnosida) sayr qilishni, yugurishni hamda o‘zi yuradigan narsalarda uchishni istaydi. Muqimiy ko‘chasi asfalt qilingach, hali harakat uchun ochmay turishgan vaqtlarda, yaqin oradagi mahalla va kvartallar aholisi bir necha kun shu joyda kech oqshomgacha sayr qilgan edi. Odamlar shunchaki bolalar va kolyaskalar bilan u yoqdan bu yoqqa yurdi, bolajonlar esa velosipedlarda va skeytlarda uchdi. Bu eng kamida bayramona shovqinli manzara edi. Agar shuning singari maydonchalar barpo qilinsa, ular doimo gavjum bo‘ladi va bunda hatto soya-salqin bo‘lishi sharti ham talab qilinmaydi, chunki odamlar odatda oqshom tushgach sayrga chiqadi;
    2. Har qanday bulvar yoki piyodalar yo‘lkasi shunchaki yo‘lak bo‘lmasligi lozim. U o‘ziga xos “tarmoqlarga” ega bo‘lishi, maydonchalar, skverchalar hamda kichik-kichik o‘rindiqlar bilan jihozlangan joylarga ega bo‘lishi, bu joyga kelishni yoqimli qilib turadigan qandaydir jozibador narsalarga ega bo‘lishi kerak. Tafsilotlar keyingi mulohazalarda;
    3. Mumtoz yoki abstrakt uslubdagi turli xil bezaklar, haykallar va installyatsiyalar ko‘p bo‘lishi kerak. Xuddi boshqa shaharlardagidek, muayyan o‘rindiqda o‘tirgan qandaydir odam haykalchasi bo‘lib, uning yoniga o‘tirib rasmga tushish imkoniyati mavjud bo‘lsa, juda yaxshi bo‘lardi. Bu — Xo‘ja Nasriddin, Aldar Ko‘sa yoki, Krasnodardagi kabi, “I operatsiyasi” filmidagi Shurik singari qahramon yoxud biror o‘ylab topilgan shaxs qiyofasi bo‘lsa yaxshi bo‘lardi;
    4. Har bir xohlovchi tomonidan toshkentliklarga murojaat yozib qoldirilishi mumkin bo‘lgan yozuv doskasi o‘rnatilishi kerak (Ilhom teatri devorlaridagi kabi);
    5. Uylarning yon devorlari va boshqa qismlarini fantastikaga oid rasmlar, graffiti bilan bezash. Maxsus barpo etilgan devor yoki to‘siqlarda graffiti festivallari va tanlovlari o‘tkazish;
    6. Haykallar va installyatsiyalar borasida Arxitektura-qurilish instituti talabalariga murojaat qilish mumkin, ular har doim nimalarnidir ijod qilib yuradi. Shuningdek, K. Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayni instituti talabalariga ham. Talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tashkil qilish mumkin va bu katta voqea bo‘lgan bo‘lardi. Yaqindagina NBU galereyasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma, shahar uchun yaxshi haykaltaroshlar keragicha borligini ko‘rsatib berdi;
    7. Ko‘p va xo‘b “axborot shovqini” bo‘lishi lozim. Masalan, karikaturalar ko‘rgazmasi, yosh rassomlar va haykaltaroshlar vernisaji singari. Aynan shu yerning o‘zida ko‘cha mashshoqlari, ko‘zboylog‘ichlar, pantomimachilar, polvonlar, qo‘g‘irchoqbozlar, kinodagidek kiyingan qahramonlar ham bo‘lsin. Butun atrofda galereyalar, qahvaxonalar, baqqollik do‘konlari, muzqaymoq, kichik zalli teatrlar tashkillansa;
    8. “Strelka” “o‘z” hududini o‘simliklar bilan juda chiroyli bezadi. Chunki cheksiz gazonlar manzarasi jonga tekkan edi va qandaydir qiziqroq narsani tusardi ko‘ngil. Chog‘roq botanika bog‘i tashkillash ham mumkin. Masalan, bir yo‘lakdagi joyni akatsiyaning turli xillari bilan qamrab olib, maxsus yorliqlar bilan jihozlash mumkin, akatsiyalar ham turli xil bo‘lishini hamma ham bilmasa kerak. Yana bir boshqa shunga o‘xshash joyda gulxayrining, gibiskus va g‘o‘zaning har xil rangdagi turlari bilan bezak berish – bu o‘simliklar o‘zaro turdosh ekanini hamma ham bilmasa kerak. Yong‘oq, jiyda, do‘lana, tog‘olcha, yeryong‘oq, bodom va pista eksa bo‘ladi — shaharliklar bu daraxtlarning qanday o‘sishini bilmaydi. Soya-salqin bo‘lishi uchun esa o‘zida nomi yozib qo‘yilgan turli xil chirmashuvchi o‘simliklardan foydalansa bo‘ladi;
    9. Avvalgi paytlardagidek, ichsa bo‘ladigan fontanchalar. Sharqiroq suv oqib turadigan ariqlar, siropli va siropsiz gazli suv sotadigan qutilar albatta bo‘lishi kerak;
    10. It yetaklab yuruvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida maxsus joylardan birini o‘zaro muloqot qilishlari uchun, trenajyorlar bilan jihozlagan holda, o‘sha it boquvchilarga ajratish;
    11. Sportchilar uchun turniklar, brus, boks xaltasi, shtanga, hamda, polvontoshlar bilan jihozlangan maxsus joylar qilish. Shu yerning o‘zida, ayollar uchun sakrasha va obruch aylantirish joylari tashkillash;
    12. Yerga chizib o‘ynaladigan klassik o‘yinlar uchun alohida joy. Bo‘yoq bilan o‘chmaydigan qilib, mukammal chizib, toshlarni ham tayyorlab qo‘yish. Bolalar bilan albatta ota-onalar ham o‘ynashi kerak;
    13. Alohida maxsus joylar shaxmat va narda o‘yinchilari uchun — stollari bilan. Albatta, yirik shaxmat va nardalar o‘rnatish kerak;
    14. Qayerdadir, avvalgi paytlardagidek, samovar o‘rnatilgan va parvarda va novvot bilan, shoshilmasdan, xotirjam o‘tirib choy ichsa bo‘ladigan choyxona bo‘lishi lozim;
    15. Plitka va devorlarni bezashda turli naqshlardan foydalanish;
    16. Bolalarni unutmaylik — qum maydonchalari, tog‘chalar, sakrash va tirmashish uchun har xil moslamalar bo‘lsin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bunday joylarni Toshkentning turli tumanlarida tashkillash mumkin va ular orasida musobaqa uyushtirsa bo‘ladi.

    Bir paytlar “Shaharga o‘rindiq sovg‘a qil” loyihasi bo‘lgandi — ushbu sovg‘ani in’om qilgan odamning ismi yozib qo‘yilardi. O‘rindiqlar bilan chegaralanib qolmasdan, xiyobonlar, bulvarlar hamda sayr maydonlari ham sovg‘a qilish mumkin-ku?! Albatta, bunday sovg‘ani in’om qilgan shaxs nomi bilan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    So‘ngi vaqtlarda davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida yana ko‘p takrorlanyapti. Lekin buning mohiyatini oddiy odamlar orasida hech kim tushunmadi va sezmadi. Agar hech bo‘lmaganda bitta shunday maydonni barpo qilish borasida investitsiya kiritganimizda edi (bunga unchalik ko‘p pul ham ketmaydi), balki o‘shanda odamlar davlat-xususiy sherikchilik haqidagi ertaklarga ishongan bo‘lardi. Va bu loyihaga hokimiyat ham bosh qo‘shsa, unda ijobiy qahramon qiyofasida namoyon bo‘lgan bo‘lur edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Va shundan keyin, hozir shahar qurilish ko‘lamini tasavvur qilgan bo‘lardi. Barcha qurilish tashkilotlarini o‘zlari qurayotgan obyektlar yaqin atrofidagi jamoat joylarini odamlarning istaklariga ko‘ra obodonlashtirish va jihozlashga mas’ul qilib qo‘yish ham mumkin. Ushbu odamlar asosan nimalarni istashlarini esa biz yuqorida sanab o‘tdik.

    Agar sanab o‘tilganlardan aqalli birortasi amalga oshirilsa ham ajoyib ish bo‘lgan bo‘lardi. Ehtimol, biror nima e’tibordan chetda qolgandir va mutolaachida mulohaza uyg‘ongan bo‘lsa ajabmas. Mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    12.04.2019, 08:32   Izoh (0)   47719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.